Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tizimini maqsadli va bosqichma-bosqich rivojlantirish hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
murosasizlashgan sharoitda mamlakatning milliy manfaatlariga zarar yetkazadigan, iqtisodiy 
xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar va shart
-sharoitlar hisobga olinadi. 
Mustaqillik, ya’ni suverenitet davlatning iqtisodiy xavfs
izligi tizimiga yondashuvning 
yana bir jihati hisoblanadi. Bu yo

nalish hech qanday hujjatda o

z aksini topmagan bo

lsada, 
davlat va huquq nazariyasining umumiy qoidalarini o

rganib chiqib, uni alohida huquqiy 
yo

nalish sifatida ajratib ko

rsatish mumkin. 
O
‘rganishlar natijasida shu ma’lum bo’ldiki, davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash 
strategiyasi quyidagi
muhim jihatlarga ega bo’lishi kerak:
-
o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib ichki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarni 
mustaqil va sama
rali hal etgan holda tashqi salbiy ta’sirlardan maksimal darajada 
himoyalanish; 
-kundalik jamiyatda ijtimoiy totuvlik va barqarorlikni hamda har bir shaxsning har 
tomonlama rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlarni kafolatlaydigan aholi turmush 
darajasi 
va sifatini ta’minlash;
-jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan keskin o'zgarishlarga, resurslarning jadal o'sib 
borayotgan tanqislik holati va xalqaro global raqobat sharoitlariga o'z vaqtida moslashish; 
-samarali va teng huquqqa asoslangan integratsiya orqali mamlakat manfaatlarini 
himoya qilgan holda, dunyodagi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazish imkon
iyatini 
amalga oshirish maqsadida faol tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya yuritish. 
Umuman olganda, O‘zbekistonning iqtisodiy xavfsizligin
i nisbatan yuqori 
baholashimizga asos mavjud. Biroq, hozirgi sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun 
O'zbekiston ichki bozorni himoya qilish va qo'llab-quvvatlashning hozirgi darajasini himoya 
qilishi kerak. Shu bilan bir qatorda, buni iqtisodiy siyosat va ichki bozorni himoya qilish 
vositalarini ham takomillashtirish orqali amalga oshirish kerak. 
Birinchid
an, O‘zbekiston amaldagi darajada (hech bo‘lmaganda bir qator tovarlar 
uchun) bojxona to‘lovlarini o‘rnatmasligi kerak, chunki agar mamlakat J
ahon savdo 
tashkilotiga a’zo bo‘lgan taqdirda, nol aktsiz solig‘ini joriy etilishi majburiy shartlardan biriga 
ay
lanadi. Shunga asosan ko‘plab mamlakatlarda o‘zining nisbiy samaradorligini ko‘rsatgan 
tarif kvotalari amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, tarif 
kvotalarining qo‘llanilishi ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ulgur
ji va chakana savdo 
bozorlarida ham haqiqiy raqobat muhitini yaratish asosida olib borilishi zarur.
Ikkinchidan, Jahon savdo tashkilotiga a'zo 
bo'lish doirasida ba’
zi bir tovarlarga 
kompensatsiya va antidemping bojlarini qo'llash zarur. Asosiy qiyinchilik shundaki, qishloq 
xo’jaligida faoliyat yuritayotgan oziq
-
ovqat sohasi vakillarining o‘zlari ushbu chora
-
tadbirlarning mohiyatini deyarli tushunmaydilar yoki zarur hujjatlarni tayyorlash uchun 
yetarli malakaga ega emas hisoblanadilar. 
Uchinchidan, yurtimizda iqtisodiy xavfsizlik muammosini hal qilishda importni 
cheklashdan ko

ra, milliy tovarlar eksportini kengaytirish muhim hisoblanadi. 
Yuqorida
gi fikrlardan shu ma’lum bo’ladiki jahon iqtisodiyotiga tobora bog’lashib 
borayotgan va jadal rivojlanish yo
‘lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy 
xavfsizlik masalasi alohida ahamiyatga ega. Respublikamizning siyosiy jihatdan beqaror 
mintaqada joylashgani esa b
iz uchun ushbu yo‘nalishning dolzarbligini oshiradi.


136

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin