Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Dunyo tajribasida ham ko‘rish mumkinki, yoshlar va xotin
-qizlarning mehnat bozoridagi 
ulushi va ularni tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki kun sayin ortib bormoqda. Ularning 
moliyaviy savodxonligi qanchalik oshirilsa, jamiyatga va iqtisodiyotning o‘sishiga, ish bilan 
bandlik masalalari bartaraf etishga, iqtisodiyotdagi harakatni amalga oshirish, mamlakatning 
ichki mahsulot va xizmat turlari ortishiga yordam beradi, natijada esa yoshlar va xotin-
qizlarning o‘z o‘zini bandligini ta’minlashi va tadbirkorlik orqali real daromad manbaiga ega 
bo‘ladi. 
Toshkent shaharda yoshlar va xotin qizlarning moliyaviy savodxonligini aniqlash 
bo‘yicha anketa so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Moliyaviy savodxonlik deganda nimani 
tushunasiz? deganda ishtirokchilar 52 % “insonnig puli yetarli ekanligi”, 23 % “kredit olish 
imkoniyati mavjudligi”, 15% “iqtisodiy tushunchalarning yetarli ekanligi” 9 %“javob bera 
olmasligini” ta’ki
dlaganlar.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni hohlaysizmi? degan savolga respondentlarning 83 % 
“ha” deb ta’kidlaganlar. 
Sizda tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha tasavvur yoki tajriba bormi? degan savolga 
respondentlarning 5 % “ha” deb, 21 % “yo‘q” deb,
71% 
to‘liq emas deb bildirganlar.
Biznes g‘oyangiz bormi? degan savolga respondentlarning 74 % “ha” deb, 24 % “yo‘q” 
deb bildirganlar. 
Respondentlarning to‘liq 83 % Siz kelajakda tadbirkorlik bilan o‘z ishingizga ega 
bo‘lishni hohlaysizmi degan savolga? “ha” 
deb javob bildirganlar, 16 % ishtirokchi bilmayman 
deb javob berganlar. 
Kelajakda siz uchun yollanib ishlash afzalroqmi? degan savolga ishtirokchilarning 47 % 
“ha” deb, 48 % “yo‘q” deb, 5 % 50/50 deb ta’kidlashgan;
Tadbirkorlik faoliyatidagi imtiyozlardan 
xabardormisiz? Agar bo‘lsa qanday imtiyozlar 
mavjud? degan savolga 97 % ishtirokchi “yo‘q” deb javob berishgan;
Sizga tadbirkorlikni tashkil etish bo‘yicha qanday bilimlar kerak? degan savolga 58 % 
ishtirokchi soliq va imtiyozlar; 21 % ishtirokchi kredit olish tartibi va imtiyozlar; 4 % 
ishtirokchi texnika va jihozni qaerdan olish; 26 % ishtirokchi tadbirkorlik bilimlari zarurligini 
ta’kidlaganlar. 
Tahlil natijalariga ko‘ra, yoshlar va xotin qizlarning moliyaviy savodxonligi pastligi
bugungi kunda yoshlar 
va xotin qizlar uchun yaratilgan imtiyozlarning ko‘pidan bexabarligini 
ko‘rish mumkinligi va ularni moliyaviy savodxonligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
Yoshlar va xotin qizlarni moliyaviy savodxonligini oshirish orqali tadbirkorlik faoliyatiga 
tayyorlash bu iqtisodiy kompetensiyaning asosiy komponentlaridan biridir. Ana shu sababli 
yoshlarni biznes faoliyatiga tayyorlash, ularda ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirishga 
ta’lim
-tarbiya jarayonining tarkibiy asosi sifatida qarash lozim. 
Demak, tah
lillar shuni ko‘rsatdiki, yoshlar va xotin
-
qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni 
rivojlantirishi global tendensiyadir. Ko‘pgina davlatlar yoshlar va ayollar tadbirkorligini 
rivojlantirishni rag‘batlantirmoqda, undan iqtisodiyotni mustahkamlash vositasi sifat
ida 
foydalanmoqda. Yoshlar va xotin-
qizlarning iqtisodiyot va jamiyat hayotida to‘liq ishtirok 
etishi mamlakatda iqtisodiy yuksalishda va farovonlikka erishishda bevosita xizmat qiladi. 
Buning uchun esa quyidagicha muhim vazifalarni hal etishi lozim:


139

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin