Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tadbirkorlikning 90 foizdan ziyodroq qismi tadbirko
r ayollar hissasiga to‘g‘ri kelib, mustaqil 
ravishda faoliyat yuritayotgan jami bandlarning ¼ qismi ushbu sohada band hisoblanadi. 
Vengriya va Polsha mamlakatlarida 1990 yillardan boshlab kichik biznes sohasida ayollar 
tadbirkorligi faoliyatining rivojlani
shi oilaviy tadbirkorlik sifatida o‘z aksini topib, bugungi 
kunda ushbu sohada mehnatga layoqatli aholining 60-70 foizi band hisoblanadi. Tahlillar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollar tadbi
rkorligi faoliyatini rivojlantirish mamlakatlarning 
ijtimoiyiqtisodiy riv
ojlanish ko‘rsatkichlarini barqarorligini ta’minlashga sezilarli darajada 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning o‘z biznes faoliyatini 
yuritayotgan qismi Ruminiyada 

45 foizni, Polshada 

27 foizni, Sloveniyada 

16 foizni va 
Bolgariyada 

11 foizni tashkil etadi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan 
dasturlar Fransiya, Germaniya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham amal qilgan holda, ushbu 
mamlak
atlarda ham ayollar tadbirkorligi faoliyati ko‘proq kichik biznes sohasid
a oilaviy 
tadbirkorlik shaklida o‘z aksini topadi.
Bugungi kunda jahonda AQSh iqtisodiyoti ham bozor iqtisodiyoti sharoitida ayollar
tadbirkorligini rivojlantirishda yetakchilik qilmoqda. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda 
ayollar tadbirkorligini rivojl
antirishning AQSh tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 1988 yilda mamlakatda ayollarga tadbirkorlik yuritish huquqini berishning qonuniy 
asoslari ishlab chiqilgan. Shu bil
an bir qatorda, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab
-
quvvatlash maqsadida AQSh Kongressi qoshida Kichik tadbirkor ayollar Seksiyasi tashkil 
etilgan. Ushbu Seksiya o‘z faoliyati davomida tadbirkor ayollarni qo‘llab
-quvvatlashga 
qaratilgan turli davlat dasturlarini ishlab chiqqan. Jumladan, ayollarga tadbirkorlik faoliyatini 
tashkil etish va uni boshqarish bo‘yicha ta’lim berish markazlari, Ayollar biznes markazlari 
faoliyatini tashkil etish, tadbirkor ayollarga o‘z faoliyatiga turli konsultativ 
xizmatlar 
ko‘rsatish bo‘yicha markazlarni tashkil etilishi shular jumlasi
dan. 
Respublikamizda ham ayollar tadbirkorlikgini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar 
amalga oshirilmoqda. 2021 yil 5-mart kuni 
tadbirkor ayollarga ko‘maklashish 
maqsadida Pr
ezident “Xotin
-
qizlarni qo‘llab
-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol 
ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
5020-sonli qarorni qabul qildi.
Xotin-
qizlarni va oilani qo‘llab
-quvvatlash davlat maq
sadli jamg‘armasi
Xotin-qizlarni 
qo‘llab
-
quvvatlash davlat maqsadli jamg‘
armasi sifatida qayta tashkil etilib, har yili 
jamg‘armaga Davlat budjeti 300 milliard so‘mgacha mablag‘lari ajratilishi belgilandi. 
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yis
h uchun ayollarga quyidagi shartlarda 
kreditlar ajratiladi: Muddati: 3 yilgacha; Imtiyozli davr: 6 oyga qadar; Miqdor: BHMning 150 
baravarigacha 
(36 mln 750 ming so‘mgacha) Foiz stavkasi:
markaziy bankning asosiy 
stavkasida berilmoqda. 
Biroq, respublikamizda ayollarning tadbirkorlik qilishi uchun shart-sharoit va
me’yoriy
xuquqiy bazalar yaratilishiga qaramay, ularning doimiy ravishda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xotin qizlarni raqamli biznes 
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o‘z o‘zini bandligini ta’minlash, oilaviy 
tadbirkorlikka, hunarmandchilikka, kasanachilikka va boshqa yo‘nalishlariga ko‘mak berish 
kerak[3]. 


142

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin