Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
MULKCHILIK INSTITUTI VA MULKIY MUNOSABATLARNING XO‘JALIK YURITISHDAGI 
O‘RNI
 
 
Reymbaeva Zuxra Almaz qizi
Berdaq nomidgi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada institut va normalar, institutsional 
o‘zgarishlar, 
institutsional muhit, shartnoma, mulkchilik institutlari mazmun va mohiyati bo‘yicha 
fundamental nazariy va ilmiy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar
: Institut, mulkiy huquqlar, mulkiy munosoba
tlar, shirkat xo‘jaligi, fermer 
xo’jaligi, dehqon xo‘jaligi.
Barqaror bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunda nafaq
at 
eski markazlashgan iqtisodiyot institutlarini isloh qilish, balki iqtisodiy munosabatlarning 
o‘zagini tashkil etuvchi mulkchilik va shartnomaviy munosabatlarni ham bozor iqtisodiyotiga 
mos ravishda takomillashtirish talab etiladi.
Mulkchilik huquqi 

iqtisodiy nuqtai nazardan u 
yoki bu mulk ob’ekti uchun undan 
foydalanishning taqiqlanmagan turlaridan birini tanlash huquqidir. Ya
’ni mulkchilik 
ob’ektining tabiiy xususiyatlari emas, balki uning qanday ishlatilishi muhimdir. O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-
moddasiga binoan mulk huquqi shaxsning o‘ziga 
qarashli mol-
mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish,
undan 
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan 
bo‘lmasin, har qan
day buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Demak, 
qonunchilikda mulk huquqi mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish 
funksiyalarining majmui sifatida qaraladi. Lekin amaliyotda ushbu huquqlarni har doim ham 
bir sh
axsda to‘la mujassam bo‘lavermaydi. SHu bois mulkning haqiqiy egasi –
mulk ob’ektidan 
foydalanish bo‘yicha shartnomadagi shartlar bajarilganidan so‘ng iqtisodiy faoliyatning 
qolgan qismiga egalik qiladigan shaxsdir. Boshqacha aytganda mulkiy huquqning mutlaq 
egasi, ushbu mulkni taqdirini belgilab beradi. 
Mulkiy huquqlar nafaqat bo‘linish, balki ma’lum uyg‘unlikda birlashish xususiyatiga ham 
ega. Ushb
u huquqlar xo‘jalik jarayoni ishtirokchilarida ularning ma’lum faoliyat yo‘nalishidagi 
ustunliklariga qarab t
o‘planadi. S
h
u bois xo‘jalik jarayoni ishtirokchilari ma’lum huquqlardan 
foydalanish bo‘yicha ixtisoslashadilar. 
Misol tariqasida dehqon
xo‘jaligi
ning er uchastkasi va 
agrofirma 
traktorini olaylik. Ushbu aktivlarga nisbatan ma’lum mulkiy huquqlar mavjud. 
Lekin ushbu aktivlarga egalik qilish, tasarruf qilish va foydalanish huquqi dehqon va 
agrofirma 
o‘rtasida taqsimlangan. Dehqon xo‘jaligi traktorga 
egalik qilish huquqini 
agrofirmadan sotib olishi mumkin. Lekin u bunday qilmaydi. Chunki bu unga iqtisodiy 
jihatdan samarali emas. 
Mulkiy munosabatlar mol-
mulk bilan bevosita bog‘
liq. Mulkiy huquqlar esa ijtimoiy 
munosabatlar bo‘lib, ushbu mol
-
mulkka bo‘lgan har qanday tajovuz holatlarini himoyalovchi 
me’yorlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘z navbatida resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq 
hodisadir. Resurslar cheklanmagan holatda i
nstitutsional me’yorlar ham zarur bo‘lmagan 
bo‘lar edi. 


152

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin