Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
O‘ZBEKISTONDA I
SLOM MOLIYASI VA LIZING XIZMATLARI 
Isayev Oybek Baxramovich, 
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi 
 
O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega bo‘lgan soha –
Islom moliyasi xizmat 
turlarini keng joriy qilishda lizing xizmat turining imko
niyatlari va o‘ziga xos jihatlari, 
shuningdek ushbu xizmat turini islomiy moliyalashtirishga moslashtirish yo‘llari v
a ahamiyati 
yoritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan 
murojaatnomasida «Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘
yicha 
huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa 
xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi», dedi.
Shu asosda 2022 yil 20 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit 
tashkilotlari va mikro
moliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuni chiqdi. Ushbu Qonun 
O‘zbekistonda birinchi marta “islomiy moliyalashtirish” tushunchasi qonuniy asosga ega 
bo‘lishiga va davlatimizda islom moliyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Mikromoliya 
tashkilotla
ri tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishga qonunan ruxsat 
berildi, bunda jismoniy shaxslarga 50 mln.so‘mgacha, yuridik shaxslarga 300 mln.so‘mgacha 
qarz berish ko‘zda tutilgan.
Shuni ta
ʼ
kidlash kerakki, an
ʼ
anaviy moliyalashtirish turlari ichida islomiy 
moliyalashtirishga eng yaqin turi bu lizing xizmati hisoblanadi. 
Bugungi kunda ingliz tilida “lizing” deb ataluvchi ijara bitimi ham dastlab Murobaha 
singari moliyalashtirish usuli sifatida ishlatilmagan. Bu shunchaki bir shaxsning mulkini 
boshqa bir shaxsga kelishilgan muddatga, muayyan to‘lov asosida foydalanish huquqini berish 
bitimi bo‘lgan. Biroq keyinchalik baʼ
zi moliyaviy muassasalar foizga asoslangan uzoq muddatli 
kredit berish o‘rniga
lizingdan moliyalashtirish usuli sifatida foydalana boshlashgan. Ijaraning 
bir turi borki, u “moliyaviy lizing” deb ataladi va bunda amaliy (haqiqiy) ijaraning bir qancha 
asosiy xususiyatlari yo‘q.
Foizsiz ishlaydigan moliya muassasalari faoliyat boshlagan paytga kelib lizing butun 
dunyoda moliyal
ashtirish usuli sifatida tanilib bo‘lgan edi. Tez orada islom moliya 
muassasalari ham ijaradan foizsiz moliyalashtirish uchun foydalanish mumkinligini va bu 
shariatga zid emasligini anglashgan. Shunday qilib, lizing islomiy moliya muassasalari 
tomonidan qa
bul qilingan, ammo ularning ko‘pchiligi “moliyaviy lizing”ni amaliy (haqiqiy) 
ijaradan ko‘ra ko‘proq foizli moliya amaliyotiga o‘xshash tomonlari borligiga eʼ
tibor 
qaratishmagan. Shu sababli ular an
ʼ
anaviy moliya muassasalari foydalanadigan lizing 
shartnom
alari namunalaridan hech qanday o‘zgarishlarsiz foydalana boshlashgan, holbuki 
ularning bir qator shartlari islom qoidalariga mos emas edi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, dastlab lizing moliyalashtirish usuli / mahsuloti bo‘lmagan. 
Biroq, ijara bitimi ma
ʼ
lum shartlarga rioya qilingan holda moliyalashtirish uchun ishlatilishi 
mumkin. Albatta bunda “foiz” so‘zini “ijara”ga “ipoteka” (yaʼni ko‘chmas mulkni garovga 
qo‘yish evaziga olingan kredit)ni “ijaraga olingan mulk”ga o‘zgartirib qo‘yish bilan ish 
bitmaydi. 
Lizing va foizli kredit o‘rtasida jiddiy farqlar borki, islom dini talablariga javob bera 


161

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin