Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
oladigan ijara shartnomasi tuzish uchun ijaraga bag‘ishlangan maqolamizning birinchi 
qismida eslatib o‘tilgan lizinga aloqador barcha shart va qoidalarga rioya qi
lish 
zarur bo‘ladi. 
Quyida zamonaviy moliyaviy lizing va 
islomda ruxsat etilgan ijara o‘rtasidagi asosiy farqlarni 
ko‘rsatib o‘tamiz.
Lizingning lug‘aviy maʼnosi biror bir mulkni shartnoma asosida va muayyan to‘lov 
evaziga vaqtincha foydalanishga berishdir. Bugungi kunda asosan korxonalarga biror-bir 
uskuna va dastgohlarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga aytiladi. 
Savdo bitimidan farqli 
o‘laroq, ijara shartnomasi kelajakdagi biror muayyan sanadan 
boshlanish sharti bilan tuzilishi ham mumkin (masalan ijara shartnomasi 2022 yil 1 yanvar 
kuni tuziladi, lekin 2022 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradi va ijara ham 1 martdan 
boshlanadi). 
Demak, shariatda biror nimani oldindan sotish ta
ʼqiqlangan bo‘lsada, ijarada bunga 
ruxsat beriladi, albatta bun
da ijara haqi to‘lash ham ijaraga berilayotgan mulk ijara oluvchiga 
yetkazilgandan (taqdim etilgandan) keyin boshlanadi. 
“Moliyaviy lizing”ning aksariyat ko‘rinishlarida lizing beruvchi moliya 
muassasasi 
lizingga berilayotgan mulkni lizing oluvchining o‘zi
orqali sotib oladi. Bunda lizing oluvchi 
mulkni lizing beruvchi nomidan sotib oladi, lizing beruvchi esa mulk narxini sotuvchiga (ya
ʼ
ni 
mol yetkazib beruvchiga) to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yoki lizing oluvchi orqali o‘tkazadi.
Ba
ʼ
zi lizing shartnomalari, lizing be
ruvchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab 
kuchga kirishini ko‘zda tutadi, bunda lizing oluvchi mulkni qabul qilib olgan yoki olmaganligi 
e
ʼ
tiborga olinmaydi. Bu esa, lizing oluvchining (li
zing bo‘yicha) javobgarligi (maʼ
suliyati) 
lizingga olinayotgan mulkni qabul qilib olishidan oldin boshlanishini anglatadi. Ammo 
shari
ʼatda bunga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki bu huddi mijozga berilgan pul uchun ijara haqi 
olishdek gap, ya
ʼ
ni bu ayni foiz (ribo)
ning o‘zi.
Shari
ʼatga ko‘ra to‘g‘ri yo‘l quyidagicha: ijara haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish 
lizing oluvchi mulkni qabul qilib olganidan keyin boshlanadi, lizingga olinayotgan mulk uchun 
to‘lov amalga oshirilgandan kundan emas. Agar mol yetkazib beruvchi to‘lovni to‘liq ravishda 
qabul qilib olgandan keyin molni yetkazib berishni kechiktirsa, lizing oluvchi bu davr uchun 
javobgar bo‘lmaydi.
XSRIK homiyligida tashkil etilgan Toiba lizing kompaniyasi mijozlarga ijara (islomiy 
lizing) xizmatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bunda mijozlarga foizsiz lizing shartnomasi, yaʼ
ni 
asbob-
uskunalarni sotib olishda ularning ustiga kompaniyaning ustama haqini qo‘ygan holda 
muddatli bo‘lib
-
bo‘lib berish orqali mablag‘larni qaytarish imkoniyati mavjud. Shu kabi 
shartlarda, O‘zbeklizing kompaniyasi va bir qancha xususiy kompaniyalar (I
MAN, UZARO, 
ALIF SHOP) avtomobil, ko‘chmas mulk va maishiy texnikalarni muddatli to‘lov asosida sotish 
xizmatlarini yo‘lga qo‘yganlar.
O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ortig‘ini musulmonlar tashkil qiladi va shu faktning 
o‘zi O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishga bo‘lgan qiziqishning qanchalik katta ekanligidan 
dalolat beradi. Bilamizki, islomda pulni foizga berish orqali foyda olish taqiqlangan, an
ʼ
anaviy 
moliyalashtirish tizimi esa foizlarga tayanadi. Foizli kredit va shu kabi moliyalashtirish 
xizmatlaridan foydalanishni istamagan aholi qatlami va biznes vakillari uchun islomiy 
moliyalashtirish xizmat turlari taklif etilsa, biznes vakillarida o‘z i
shlab chiqarish xajmini 
oshirishga bo‘lgan xohishini orttiradi, ularga yangi uskunalar keltirish imkonini
beradi va 


162

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin