www. kokanduni.uz nis
batan jarima qo‘llash mumkin emas.
Jarima hisoblashdan ko‘ra mijozlarni tartibga soladigan boshqa samarali (masalan,
garovni undirish, ataylab to‘lamagan qarzdorni sudga berish, “qora ro‘yxatga” kiritish kabi)
usullar bo‘lsa, ana shu usuldan fo
ydalanishlari zarur.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, (xususan 1998 yil 29 avgustdagi “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 25-
moddasi) “tovarlarni yetkazib berish muddatla
ri kechiktir
ib yuborilgan, to‘liq
yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda, tovar
yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun
uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorid
a penya to‘laydi, biroq bunda
penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki
ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to‘lash
shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini
kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni
ko‘rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Lizing beruvchi yuqorida keltirilgandek, penyani shartnomada ko‘
rsatmasligi mumkin,
lekin keyinchalik soliq yoki audit tekshiruvlari
davomida savol tug‘dirishi mumkin, chunki
qonunchilikka ko‘ra penya to‘g‘risida band shartnomada keltirilmasa ham bu yerda Lizing
beruvchining ma
ʼlum bir miqdordagi olishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘
lari olinmay qolgani
bilan bu summa daromadga olinishi va undan soliq to‘lanishi lozimligi kelib chiqishi mumkin.
Islomiy moliyalashtirishning an
ʼ
anaviy moliyalashtirishdan asosiy farqi shundan
iboratki,
islomiy moliya foyda va zararni bo‘lishish hamda rea
l aktivlarga asoslangan
moliyalashtirishni o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, islomiy moliyalashtirish
sherikchilikka, hamkorlikka asoslangan.
Ayrim lizing kompaniyalari mijozlarga ijara (i
slomiy lizing) xizmatini yo‘lga qo‘ygan
bo‘lib, bunda
mijozlarga foizsiz lizing shartnomasi, ya
ʼ
ni asbob-uskunalarni sotib olishda
ularning ustiga kompaniyaning ustama haqini qo‘ygan holda muddatli bo‘lib
-
bo‘lib berish
orqali mablag‘larni qaytarish imkoniyati mavjud. Shu kabi shartlarda, O‘zbeklizing, Taiba
lizing kompaniyalari va bir qancha xususiy
moliyaviy tashkilotlar avtomobil, ko‘chmas mulk
va maishiy texnikalarni muddatli to‘lov asosida sotish xizmatlarini yo‘lga qo‘yganlar.
Islom moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatish uchun bir qator qonun hujjatlariga, ju
mladan,
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”, “Soliq kodeksi”,
“O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Fuqarolarning banklardagi
omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”, “Lizing to‘g‘risida”, “Ipoteka to‘g‘risida”,
“Garov to‘g‘risida”gi Qonunlarga va
boshqa zarur normativ hujjatlarga xalqaro tajriba va
AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun audit va buxgalteriya standartlari tashkiloti) va
boshqa xalqaro islom tashkilotlari standartlari
asosida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimc
halar
kiritish hamda yangi normativ hujjatlar ishlab chiqish lozim.
O‘zbekistonda islom moliyasini keng joriy qilishda Malayziya davlatining tajribasi
samarali bo‘lishi mumkin, chunki bugungi kunda dunyo bo‘ylab is
lom moliyasi eng kuchli
rivojlangan davlat
aynan Malayziya hisoblanadi. Bunda O‘zbekiston uchun qulaylik tomoni
shundaki, Malayziyada an
ʼ
anaviy banklarda ham islom moliyasi xizmatlari parallel ravishda
va ortiqcha xarajatlarsiz, kerak bo‘lsa bitta bankomatda 2 xil xizmat ko‘rsatish yo‘lga