www. kokanduni.uz Xulosa qilib aytganda, mulkiy huquqlarning bo‘linish va ma’lum bir uyg‘unlikda
birlashish xususiyatlari bois ular tarkibidagi har
qanday o‘zgarish iqtisodiy rag‘batlar tizimida
ham shunga mutanosib s
iljishlarga olib keladi. Bu esa xo‘jalik jarayoni ishtirokchilarining
xatti-
harakatlarida ham ma’lum o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Demak, mulkiy munosabatlar
xo‘jalik yuritishning harakatlantiruvchi omili bo‘lib, turli xo‘jalik yuritish tizimlari uchun
o‘z
iga xos mulkiy munosabatlar shakllanadi. Sh
u boisdan ham, institutsional o‘zgarishlarni
amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biri bu mulkning ob’ekt va sub’ektlarini hamda
undan foydalanish usullarini aniq belgilash
–
mulkiy huquqlarni spetsifikatsiyalashdir.
Demak, mulkiy huquqlarni spetsifikatsiyalanishi natijasida mulk shakllari hamda mulkiy
munosabatlarda tarkibiy o‘zgartirishlarga erishish mumkin va bu funksiyaning davlat
tomonid
an bajarilishi samarali hisoblanadi. Tabiatiga ko‘ra mulk shakllari ic
hida xususiy
mulkning iqtisodiy rag‘batlantiruvchi xususiyati kuchliroq bo‘lib, uning ustuvorligini
ta’minlash agrar soha uchun ham muhim. Aytish mumkinki, qanday xo‘jalik yuritish shakl
ida
mulkiy huquqlar spetsifikatsiyasi bozor munosabatlariga mos kelsa uning istiqboli ham
shunga yarasha bo‘ladi.
Umuman, shirkat xo‘jaligi uchun xususiy va umumiy mulk shakllari elementlari xos
bo‘lgan. Bu shirkat xo‘jaligi foydasini o‘zlashtirishda ham o‘z aksini topgan. Ya’ni o‘zlashtirish
individual va umumiy (umumiy maj
lis orqali) amalga oshirilgan. Buni shirkat xo‘jaligida
mulkiy huquqlar spetsifikatsiyasi tasvirlangan 1-
jadvaldan ham ko‘rishimiz mumkin.
Shirkat
xo
‘
jaligida mulkiy huquqlar to
‘
rtta sub
’
ekt o
‘
rtasida taqsimlangan. Asosiy mulkiy huquqlar
egalik qilish va foydalanish huquqlari a
’
zolar va ularning umumiy yig
‘
ilishiga tegishli.