֥ ‘ nalishi 3-kurs talabasi Annotatsiya: Raqamli iqtisodiyot
–
bu raqamli texnologiyalardan foydalanishga
asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarni amalga oshirish tizimi. U ba'zan
internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ataladi. Raqamli iqtisodiyot noldan
yaratilishi kerak bo
‘lgan iqtisodiyotning bir turi emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar
va biznes modellarini yaratish va ularni kundalik hayotga tatbiq etish orqali mavjud
iqtisodiyotni yangi tizimga o‘tkazish demakdir. Avvalo, raqamli iqtisodiyot odamlarning
turmush
darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu korrupsiya va “Xufiyona iqtisodiyot”ni
ng
kamayishiga asosiy sababidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlab qo‘yadi, xotirada
saqlaydi, kerak bo‘lganda tezda ma'lumot beradi. Bunday sharoitda u yoki bu faoliyat h
aqida
hech qanday ma’lumotni yashirish, maxfiy bitimlar tuzish, to‘liq ma’lumot b
ermaslik mumkin
emas.
Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, IT, tranzaksiya, IT xizmatlari,
elektron hukumat, elektron vositachilik, call-markaz, axborot texnologiyalari.
Kirish: “Raqamlashtirish” so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, u in
novatsion boshqaruv va ish
jarayoniga IT-
yechimlarni jalb qilishdan iborat. Buning samarasi “Internet of Things”dan
tortib elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axbo
rot texnologiyalaridan
foydalanishni o‘z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalar hay
otimizga shu qadar singib ketganki,
bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham
ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning
raqamli segmentining asosiy manbai
tranzaksiya sektorining o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70
foizdan ortig‘ini tashkil etadi va davlat boshqaruvi, konsalting va axborot xizmatlari, moliya,
ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) sohalarini
o‘zida jamlaydi. Iqtisodiyotning diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
noyob ma'lumotlarning mamlakat ichida va undan tashqarida aylanmasi shunchalik ko‘p
bo‘ladi, milliy iqtisodiyotlar ichidagi axborot oqimi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli,
ishtirokch
ilar soni ko‘p bo‘lgan va IT xizmatlari keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot
jadal rivojlanmoqda.
Xususan, u internet bilan faol ishlovchi transport, savdo, logistika va shu kabi sohalar
uchun cheksiz qulayliklar yaratadi. Ba'zi tadqiqotchilarning
fikriga ko‘ra, ulardagi elektron
segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqin va aholining 4 foizini ish bilan ta'minlaydi. Eng
muhimi, bu ko‘rsatkichlar barqaror o‘sib borad
i. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyot
samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarini qamrab olish va infratuzilmaning
mavjudligi, balki biznes muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv vositalari kabi
standart iqtisodiy mezonlar ham ta’sir ko‘rsata
di. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot ularga
tayanadi, demak, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda bu mezonlar avvalgidek muhim
ahamiyatga ega [1].
Asosiy qism: Raqamli iqtisodiyotning eng faol harakatlantiruvchisi davlatdir. U raqamli
iqtisodiyotning asos
iy mijozi va iste’molchisi hisoblanadi. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun