Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

֥

nalishi 3-kurs talabasi 
 
Annotatsiya: 
Raqamli iqtisodiyot 

bu raqamli texnologiyalardan foydalanishga 
asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarni amalga oshirish tizimi. U ba'zan 
internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ataladi. Raqamli iqtisodiyot noldan 
yaratilishi kerak bo
‘lgan iqtisodiyotning bir turi emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar 
va biznes modellarini yaratish va ularni kundalik hayotga tatbiq etish orqali mavjud 
iqtisodiyotni yangi tizimga o‘tkazish demakdir. Avvalo, raqamli iqtisodiyot odamlarning 
turmush 
darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu korrupsiya va “Xufiyona iqtisodiyot”ni
ng 
kamayishiga asosiy sababidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlab qo‘yadi, xotirada 
saqlaydi, kerak bo‘lganda tezda ma'lumot beradi. Bunday sharoitda u yoki bu faoliyat h
aqida 
hech qanday ma’lumotni yashirish, maxfiy bitimlar tuzish, to‘liq ma’lumot b
ermaslik mumkin 
emas. 
Kalit so‘zlar:
Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, IT, tranzaksiya, IT xizmatlari, 
elektron hukumat, elektron vositachilik, call-markaz, axborot texnologiyalari. 
Kirish: 
“Raqamlashtirish” so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, u in
novatsion boshqaruv va ish 
jarayoniga IT-
yechimlarni jalb qilishdan iborat. Buning samarasi “Internet of Things”dan 
tortib elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axbo
rot texnologiyalaridan 
foydalanishni o‘z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalar hay
otimizga shu qadar singib ketganki, 
bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham 
ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning
raqamli segmentining asosiy manbai 
tranzaksiya sektorining o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 
foizdan ortig‘ini tashkil etadi va davlat boshqaruvi, konsalting va axborot xizmatlari, moliya, 
ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) sohalarini 
o‘zida jamlaydi. Iqtisodiyotning diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
noyob ma'lumotlarning mamlakat ichida va undan tashqarida aylanmasi shunchalik ko‘p 
bo‘ladi, milliy iqtisodiyotlar ichidagi axborot oqimi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, 
ishtirokch
ilar soni ko‘p bo‘lgan va IT xizmatlari keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot 
jadal rivojlanmoqda. 
Xususan, u internet bilan faol ishlovchi transport, savdo, logistika va shu kabi sohalar 
uchun cheksiz qulayliklar yaratadi. Ba'zi tadqiqotchilarning 
fikriga ko‘ra, ulardagi elektron 
segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqin va aholining 4 foizini ish bilan ta'minlaydi. Eng 
muhimi, bu ko‘rsatkichlar barqaror o‘sib borad
i. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyot 
samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarini qamrab olish va infratuzilmaning 
mavjudligi, balki biznes muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv vositalari kabi 
standart iqtisodiy mezonlar ham ta’sir ko‘rsata
di. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot ularga 
tayanadi, demak, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda bu mezonlar avvalgidek muhim 
ahamiyatga ega [1]. 
Asosiy qism: 
Raqamli iqtisodiyotning eng faol harakatlantiruvchisi davlatdir. U raqamli 
iqtisodiyotning asos
iy mijozi va iste’molchisi hisoblanadi. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 


272

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin