Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
bo‘lmaydi, u odob
-axloqli, mehr-
shafqatli bo‘ladi, ishida, so‘zida qatʼiy turadi. O‘zbek 
madaniyati, chunonchi sharqona milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti har bir tarixiy davr va 
bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlard
a o‘z taʼsirini o‘tkazib kelgan.
O‘tmishda ota
-bobolarimiz, buyuk allomalarimiz, yuksak ma
ʼ
rifat sohiblari baxt-
saodatni ozodlik, erkinlikda ko‘rganlar. Sharqning buyuk allomalari inson aqlini yuks
akka 
ko‘t
arib, uning qobiliyati va aql zakovotiga ishongan. Qadimdan mutafakkir allomalarimiz 
barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yuksak orzusi ekanligini o‘z asarlarida 
tarannum etib kelgan. Biroq, dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o‘yla
yvermagan. 
Bunday orzudagi insonlar azaliy ma
ʼ
rifatga, mad
aniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning 
donishmandlari 

eng mo‘tabar ziyolilari hukmdorlari hisoblanganlar. 
Ularning orasida 
O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobokalonlarimizning o‘z o‘rni, 
hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabu
l qilingan haqiqatdir. Biz o‘zligimizni 
anglab, mutafakkir bobolarimiz merosidan unumli foydalana bilsak, hech mubolag‘asiz aytish 
mumkinki, ta
ʼ
lim-
tarbiya sohasida dunyoning eng ilg‘or mamlakatlari
ga yetib olamiz. Bu esa 
har qanday boylikdan afzaldir. 
Adabiyotlar tahlili. 
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida yetuk insonlarning faoliyati, sa
ʼ
y-
harakatlari natijalari muhim o‘rin tutadi. Bunday insonla
r davlat va xalq arboblari (shohlar, 
podsholar, amirlar, beklar), ma
ʼ
naviyat-ma
ʼrifat darg‘alari (al
lomalar, mutafakkirlar, 
donishmandlar), din peshvolari (payg‘ambarlar, ulamolar, shayxlar, imomlar) siymosida 
jamiyat taraqqiyotida sezilarli o‘rin tutganla
r. Bunday shaxslarning surat va siyratlari, 
bajargan is
hlari to‘g‘risida turli xil manbalarda yozib 
qoldirilgan va kelajak avlod ana shunday 
xislat-
fazilatlarga ega bo‘lishga undalgan.
Mashoyixlarning aytishlaricha: "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur". Shuningdek, taniqli o‘zbek pedagogi
Abdulla 
Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat 
masalasidir" deya ta’kidlagan edi.
Abu Rayhon Beru
niy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni 
kichik yoshidan 
mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm 
va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. 
Alloma 
oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta
’lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab 
da
vom ettirish lozimligini alohida ta’kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb
-hunar 
vorislik asosida avloddan-
avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va 
insonlarning hunarmandchilik faoliya
tlarini yuqori baholagan. Mahmud Qoshg‘ariy “
Devoni 
lug‘atit turk” asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, 
hunarlarni o‘rganib, amalga oshirdi” deydi. Allomaning 
ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, 
yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohi
blarini e’zozlab, kishilarni 
ulardan ibrat olishga chaqiradi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy ma`naviy axloq-odob 
ananalari yordamida tarbiyalash, komil 
inson qilib o‘stirishda sharqona odob
-axloqqa 
tayanish borasida boshlangich sinflar dasturida ham alohida takidlanadi. 
Ta
ʼ
lim-tarbiya rivojida o
ʻ
lka jadidlarining ham o
ʻrni beqiyos. Jadidlarning ma’rifiy va 
ma’naviy fikrlari hozirgi zamonamiz uchun ham juda muhim va ularni o‘rganishimiz kerak. 
Jadidchilik hara
kati tarixiy shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi. 
Aytishimiz kerakki mana shu 3-bosqichda ko
ʻplab nodir qo‘lyozmalar: diniy va dunyoviy 
mavzudagi asarlar yaratilib ularda “Ilm o‘rganish har bir musulmon ayol va erkak uchun farz” 
yoki muqaddas kitobimiz Qur
ʼoni Karim ham “Iqro” yani o‘qi deyilgani ilm olish va o‘qish 
u
chun esa axloqiy tarbiya birinchi o‘rinda turishi kerakligi bildirilga.

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin