Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə594/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   590   591   592   593   594   595   596   597   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Shvetsariya pedagogi I
.G.Pestolojka: «Mening o‘quvchilarim yangilikni mendan olmaydi: 
ular bu yangilikni o‘zlari kashf etadilar. Mening asosiy vazifam –
ularni o‘zlarini namoyish 
etis
hga, mustaqil g‘oyalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan edi.
O’quvchilar tarb
iya darslari orqali aynan bir xulosaga kelishlari, hayot va faoliyatlari 
davomida dars zamirida berilgan tavsiyalarga to’liq amal qilishlari uchun o’qituvchi a
vvalo 
o’zi bu borada haqiqiy o’rnak bo’la olishi lozimdir. Boshlang’ich sinf darslarini multimed
ia 
vositalaridan foydalangan holda tashkil etish orqali o’quvchilarda ushbu fan bo’yicha 
beriladigan turli yo’nalishdagi ma’lumotlarga, vazifa va topshiriqlarg

bo’lgan qiziqishni 
yanada orttirish, topshiriq sifatida berilgan amaliy ishlarni video va animatsion usul orqali 
tasavvur qilgan holatda mustaqil bajarishlari uchun qulaylik yaratuvchi manba sifatida katta 
ahamiyat kasb etadi.Shu sababdan multimedia vosita
si haqida qisqacha ma’lumot:
Multimedia vositalari haqida so’z borar ekan internet sayti manbal
arida u haqidaa 
quyidagicha ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin bo’ladi:
Multimedia (multi - 
ko‘p, media 
- muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining soxasi 
bo‘l
ib
, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga 
ishlov beradi.Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol 
dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, 
matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot tur
li axborot 
tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
Boshlang’ich sinf darslarida multimedia vositalaridan fo
ydalanishning afzalliklari 
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Beriladigan ma’lumot va axborotlarni
turli usullar yordamida ya’ni matn, jadval, 
diagrammalar yordamida tasvirlash bilan bir qatorda, ma’lumotlarni monolog, musiqa, 
videofilmlardan parchalar, animatsiyalarni birgalikda bir butun yaxlitlikda berilishining 
mavjudligi; 
2. Dars davomida multimed
ia vositalaridan unumli foydalangan holda o’quvchilarning 
darsga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning diqqatini jalb qilish imkoniyatining 
mavjudligi; 
3. Multimedi vositalarini qo’llab olib borilgan darsda o’quvchilarda biror narsa, hodisa 
haqi
dagi bilimni to’liqroq tasavvur etish imkoning mavjudligi;
4. O’quvchilarning zamonaviy axborot vositalaridan mustaqil foydalana olish 
ko’nikmalarini tashkil 
etish imkoniyatining mavjudligi; 
5. O’quvchilar tomonidan olingan ma’lumotlarni chuqur, mukammal 
holatda 
o’zlashtirilishi;
6. O’quvchilarda ta’lim olishning yangi bosqichi, yangicha usullaridan foydalanish, 
ulardan oqilona foydalanishni o’rganish imkoniyat
ining mavjudligi; 
7. Ta’lim berish jarayonida vaqtdan unuli foydalanishga erishish;
8. O’qituvchi
tomonidan berilgan ma’lumotlarni o’quvchilar ongida aniq va to’liq 
saqlanib qolinishi shular jumlasidandir. 
Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarda
qayd etilishicha, multimedia 
vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumlidir va
vaqtdan yutish imkonini 
yaratish bilan bir qatorda, multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni 
tejash imkoning mavjudligi, olingan bilimlarni esa xotirada uzoq muddat saqlanib 
qolinishining ta’minlanganligi alohida e’tirofga sazovordir. Agar o‘quvchilar berilayotgan 
materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25
-30 % 
ga oshishi, unga qo‘shimcha sifati
da 
o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda 
mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish foizi 75 % ga ortishini 
ko’rishimiz mumkin.


537

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   590   591   592   593   594   595   596   597   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin