www. kokanduni.uz qilish, qurilishlarda, zavod va fabrikalarda ishlovchi odamlarning kasblari bilan tanishish, 3-
sinfda esa tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish, odamlar mehnatini qadrlash, mehnat
va dam olish tartibini o‘rganish, dalada, polizda odamlar mehnatini kuzatish, 4
- sinfda esa
cho‘llarda, dashtlarda, o‘rmonlarda, tog‘larda, adirlar
da odamlar mehnati bilan tanishish, yer
osti boyliklari, suv, havo, o‘simliklar, hayvonlarni muhofaza qilish mavzulari bilan
tanishadilar.
Tabiatshunoslik o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama
tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiat
—
dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o‘quv materiali
mazmunini yetkazishning o‘ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi
bilimlar yig‘indisini faqat esda qoldirish bo‘lib qolma
sdan, balki ularni ishonchga aylantirish
hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq
-
atvorda namoyon bo‘lishi kerak. Bilish muayyan voqea, hodisa, jarayon yoki predmetning
mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan
faoliyat samarasi sa
naladi. Qiziqish esa ana shu yo‘lda olib
borilayotgan faoliyatning samaradorligini ta’minlovchi omildir. Tabiatga bo‘lgan qiziqishni
shakllantirish ana shu maqsadda olib borilayotgan murakkab pedagogik faoliyat natijasi
sifatida namoyon
bo‘ladi.
Xulosa qi
lib aytganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatga bo‘lgan qiziqishni
shakllantirishda o‘ziga xos psixologik
-
pedogogik xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Bu yosh davr
o‘quvchilari tabiatshunoslik bilimlarini xissiy idrok asosida anglashga o‘rgatadi.
O‘quv
chilarga tizimli tabiatshunoslik bilimlarini berish va ularda tabiatshunoslik asoslari
borasidagi jonli mushohada qilish, xissiy idrok negzida tafakkurni qaror toptirish maqsadga
muvofiqdir.