www. kokanduni.uz TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNI ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH Sotvoldiyeva M.M. Qo‘qon Universiteti Boshlang‘ich taʼlim yo‘ nalishi 4-kurs talabasi, Matnazarova K.O. Qo‘qon Universiteti “ taʼlim” kafedrasi v.b dosenti p.f.f.d PhD) Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini jonli
va jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayv
onlar, yilning har xil fasllaridagi tabiat
o‘zgarishidagi tasavvur va tushunchalar hamda o‘quvchilarga tabiiy fanlarni ilmiy bilimlar
asosida o‘qitish haqida so‘z yuritiladi. Maqolada asosan o‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashlarini shakillantirish, ekologik madaniyat, ekologik tarbiyaga old bilimlarini
rivojlantirish haqida ham fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi, jonli tabiat, jonsiz tabiat, ekologik
tarbiya, ekologiya, tabiat, o‘simlik, hayvonlar, taʼ
lim, tarbiya.
Ijtimoiy tarqqiyotning zamonaviy bosqichi uzluksiz ta
ʼ
lim tizmi oldiga yosh avlodni har
tamonlama barkamol etib tarbiyalashni talab etmoqda. Zamonaviy ta
ʼ
limda tafakkuri boy,
dunyoqarashi keng, mustaqil fikrga ega bo`lgan mutaxasislarni tayyorlashni taqazo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida” gi qonuni talablari asosida malakali mutaxassis
va barkamol shaxsni tarbiyalashda uzluksiz ta
ʼ
lim tizimining asosiy bosqichlaridan biri bu
boshlang‘ich taʼ
lim hisoblanadi. Mazkur bosq
ich o‘quvchilarni i
lmiy bilimlarni puxta va
chuqur o‘rgatish ularning taffakurini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamizda boshlang‘ich taʼlim mazmunini takomillashtirish, uni ilg‘or g‘oyalar
bilan boyitish, bu davrda o‘quvchilarning chu
qur bilim olishlariga imkon beruvchi moddiy
texnik bazani mustahkamlashga alohida e
ʼ
tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 9-
sessiyasida so‘zlagan nutqida boshlang‘ich taʼ
limni tashkil etishga nisbatan
yangicha munosabatni qaror toptirish, uzluksiz ta
ʼ
lim tizimining mazkur bosqichiga malakali
mutaxassislarni jalb etish zarurligiga urg‘u berib quyidagilarni taʼkidlaganlar. “Bolaning
dunyoqarashi, didi, salohiyati shakillanadi
gan boshlang‘ich si
nflarga eng yetuk, eng tajribali
murabbiylarni biriktirish zarurligini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi”. Bugungi kunda
o‘quvchilarni har tomonlama ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu
vazifani boshlang‘ich sinflar
da amalga oshirishd
a tabiatshunoslik fani muhim ro‘l o‘ynaydi.
Tabiatshunoslik fanini o‘rganish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi,
atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar
to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari,
ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, tabiatshunoslik fanini o‘qitishning ilmiy
-
nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari kerak.
Shu
o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston taʼlimining kelajagi”
haqida quyidagi fikrlarini bildiradi: “taʼ
lim sifatini oshirish -
Yangi O‘zbekiston
taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”.