Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
U
MUMTA’LIM MAKTABLARI GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING 
GEOEKOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 
 
Abdullayeva Dilnoza Narzullayevna
Nizomiy nomidagi TDPU,
“Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” 
 
kafedrasi dotsenti v/b., p.f.f.d. (PhD) 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
ekologik va geoekologik madaniyatni rivojlantirish 
bo‘yicha olimlarning fikr
-mulohazalari,
 
respublikamizda geoekologik madaniyatni 
shakllantirish muammolari, ularning 
еchimi, geoekologik madaniyatni shakllanti
rishda 
maktab geografiya ta’limining o‘rni, unda geografik
-ekologik bilimlarni shakllantirish 
masalalari yoritilgan.
 
Kalit so‘zlar: 
ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, geoekologiya, geoekologik 
madaniyatni shakllantirish, ekologik ong, atrof-muhit, ekologizatsiya, geografik bilimlar.
 
Yangilanayotgan zamonaviy fan sifatida e’tibor qozonayotgan ekologiyaga o‘tish jarayoni 
prinsipial jihatdan yangi integrativ ilmiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. B

sohaga atrof-
muhitga yo‘naltirilgan bilim sohalari ham kiradi. Shu ma’noda geografik bilimlar 
va ekologik gumanistik g‘oyalarga asoslangan barqaror rivojlanish nazariyasi sintezi 
natijasida vujudga kelgan geoekologiyaning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki 
hozirgi vaqtda jamiyat va tabiat 
o‘rtasidagi mavjud qarama
-qarshiliklar, qator ekologik va 
geografik muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. 
Ushbu muammolarning paydo bo‘lishi, tabiiy
-geografik fanlar uchun integrativ, fanlararo 
ahamiyatga 
ega bo‘lgan geografik va ekologik madaniyatni yanada chuqurroq o‘rganish 
zarurligi yangicha ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, bugungi kunda, insonning tabiatga 
kirib kelishining salbiy oqibatlarini oldini olish uchun, oqibat ekologik va geografik 
muammolarga olib keladigan bir qator ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, pedagogik, iqtisodiy 
masalalar еchimini topish taqozo etilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim yangi madaniyat –
barqaror rivojlanish madaniyatini shakllantirishning asosiy ijtimoiy instituti bo‘lib qolmoqd
a. 
Ushbu kontekstda ta’lim tizimi barqaror
rivojlanishga o‘tishda yеtakchi rol o‘ynashga 
mo‘ljallangan inson faoliyatining strategik muhim, asosiy sohasi sifatida belgilanmoqda. 
Ilmiy doiralarda ekologik ta’lim va ekologik madaniyatni shakllantirish masal
asiga 
bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar xorijiy olimlar hamda O‘zbekiston olimlari 
tomonidan ham olib borilgan [1,2]. Biroq, geoekologik madaniyatni shakllantirishga doir 
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ushbu muammoga ilmiy tavsif beri
sh darajasi yеtarli 
emasligini ta’kidlash 
lozim.
O‘zbekistonda ekologik madaniyat muammolarini o‘rganishda ko‘proq ijtimoiy
-falsafiy 
yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib borilgan. Ulardagi talqinga ko‘ra, 
ekologik madaniyat 

hozirgi 
va kelajak avlodlar uchun e
kologik muammolar еchimini topish va ulkan
mas’uliyat 
ekanligini anglash va shu asosda faoliyat yuritish muayyan davlat va jahon madaniyatining 
rivojlangan bosqichi hamda tarkibiy qismi [3] hisoblanadi. 
Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirish muammosini yaxlit talqining B.Lixachev 
asarlaridagi mazmuni alohida 
e’tiborga
sazovor. Olim ekologiyani "inson va tabiat 
o‘rtasidagi


12

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin