www. kokanduni.uz U MUMTA’LIM MAKTABLARI GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING GEOEKOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Abdullayeva Dilnoza Narzullayevna Nizomiy nomidagi TDPU, “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti v/b., p.f.f.d. (PhD) Annotatsiya: Ushbu maqolada
ekologik va geoekologik madaniyatni rivojlantirish
bo‘yicha olimlarning fikr
-mulohazalari,
respublikamizda geoekologik madaniyatni
shakllantirish muammolari, ularning
еchimi, geoekologik madaniyatni shakllanti
rishda
maktab geografiya ta’limining o‘rni, unda geografik
-ekologik bilimlarni shakllantirish
masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, geoekologiya, geoekologik
madaniyatni shakllantirish, ekologik ong, atrof-muhit, ekologizatsiya, geografik bilimlar.
Yangilanayotgan zamonaviy fan sifatida e’tibor qozonayotgan ekologiyaga o‘tish jarayoni
prinsipial jihatdan yangi integrativ ilmiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. B
u
sohaga atrof-
muhitga yo‘naltirilgan bilim sohalari ham kiradi. Shu ma’noda geografik bilimlar
va ekologik gumanistik g‘oyalarga asoslangan barqaror rivojlanish nazariyasi sintezi
natijasida vujudga kelgan geoekologiyaning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki
hozirgi vaqtda jamiyat va tabiat
o‘rtasidagi mavjud qarama
-qarshiliklar, qator ekologik va
geografik muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Ushbu muammolarning paydo bo‘lishi, tabiiy
-geografik fanlar uchun integrativ, fanlararo
ahamiyatga
ega bo‘lgan geografik va ekologik madaniyatni yanada chuqurroq o‘rganish
zarurligi yangicha ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, bugungi kunda, insonning tabiatga
kirib kelishining salbiy oqibatlarini oldini olish uchun, oqibat ekologik va geografik
muammolarga olib keladigan bir qator ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, pedagogik, iqtisodiy
masalalar еchimini topish taqozo etilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim yangi madaniyat –
barqaror rivojlanish madaniyatini shakllantirishning asosiy ijtimoiy instituti bo‘lib qolmoqd
a.
Ushbu kontekstda ta’lim tizimi barqaror
rivojlanishga o‘tishda yеtakchi rol o‘ynashga
mo‘ljallangan inson faoliyatining strategik muhim, asosiy sohasi sifatida belgilanmoqda.
Ilmiy doiralarda ekologik ta’lim va ekologik madaniyatni shakllantirish masal
asiga
bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar xorijiy olimlar hamda O‘zbekiston olimlari
tomonidan ham olib borilgan [1,2]. Biroq, geoekologik madaniyatni shakllantirishga doir
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ushbu muammoga ilmiy tavsif beri
sh darajasi yеtarli
emasligini ta’kidlash
lozim.
O‘zbekistonda ekologik madaniyat muammolarini o‘rganishda ko‘proq ijtimoiy
-falsafiy
yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib borilgan. Ulardagi talqinga ko‘ra,
ekologik madaniyat
–
hozirgi
va kelajak avlodlar uchun e
kologik muammolar еchimini topish va ulkan
mas’uliyat
ekanligini anglash va shu asosda faoliyat yuritish muayyan davlat va jahon madaniyatining
rivojlangan bosqichi hamda tarkibiy qismi [3] hisoblanadi.
Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirish muammosini yaxlit talqining B.Lixachev
asarlaridagi mazmuni alohida
e’tiborga
sazovor. Olim ekologiyani "inson va tabiat
o‘rtasidagi