761
www.
kokanduni.uz
AUTIZMGA EGA BOLALARNI PSIXOLOGO-
PEDAGOGIK O‘RGANISH
F. Sharobidinova
Qo’qon
universiteti talabasi,
N.Q. Abidova
Qo‘qon universiteti dotsent v
.b PhD
Annotatsiya:
autizm bolalar uchun imkoniyatlar haqida yoritilgan. Jamiyatda autizm
bolalarga nisbatan yanglish fikr va munosabatlar bildirilgan.
Integratsiyalashgan ta’lim haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit
so‘zlar:
autism, integratsiya, reabilitatsiya, funksional, huquq, uzviylik, fikr,
dialektik, uzviylik
Autizmli bolalarni o‘rganish o‘zaro aloqani o‘rnatishdagi qiyinchiliklar tufayli o‘ziga xos
murakkabliklar tug‘diradi. Shuning uchun ularni tekshirishni tashkillashtirishga alohida
diqqatni qaratish lozim. Autizmga ega bo‘lga
n bolalarni tekshirish longityud, dinamik va
diagnostik shaklda bo‘ladi. Ushbu maqsadda diagnostik guruxlar tashkil etiladi, unda
mutaxassislar xar bir bola bilan individual (yakka holda) ish olib boradilar.
Autizmli bolalarni tekshirishning boshqa o‘ziga xos xususiyati ko
mpleks tarzda
tekshirishni tashkillashtirish xisoblanadi, unda ayniqsa boshlang‘ich bosqichida bir
mutaxassis, psixolog yoki pedagog maqsadli olib boradi. Bunday yondashuv bolani yangi
muhitg
a ko‘nikishiga, ozgina bo‘lsa ham moslashishiga yordam beradi. Qo‘rquvlarini,
xavotirlanishni bartaraf etishga imkon beradi. Bolani yangi sharoitga ko‘nikishiga qarab
boshqa mutaxassislar(logoped, psixiator) sekin-
asta qo‘shilishlari mumkin: xonaga sekin
kiradi yoki unda bo‘la turib sekin
-asta bolaga yondasha boshlaydi(ikkinchi variant
samaraliroqdir). Biroq bu alohida mahorat va ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki biron-bir
qat’iy harakat hamda baland aytilgan so‘z autizmli bolada himoya reaksiyasini yu
zaga keltirib,
qo‘yilgan tekshiruv maqsadiga erisha olmaslik mumk
in.
Ushbu bosqichning maqsadi autizmli bolaning dizontogenezini aniqlash. Unga bolani
faoliyatini kuzatish orqali erishiladi,bu esa emotsional-iroda jarayonidagi nuqsonlarni
boshlang‘ich davrida baholash imkonini beradi. So‘ngra bolani ko‘rsatgan imkoniya
tlariga
ko‘ra mutaxassis keyingi tekshiruvlarni tuzadi hamda natijada u bilan o‘zaro munosabatga
kirishni tashkillashtirib quradi.
Bolani kuzatish psixologning xonasiga kirgan vaqtidanoq amalga oshirila boshlaydi. Bu
autizmli bolaning ko‘pgina spesifik x
arakteristikasini aniqlashga yordam beradi. Masalan
mutaxassis autizmli bolaning tashqi belgilariga, asosan:gavdaning turishi, ritm va yuz
mimikasi, harakat xarakteriga diqqatini qaratadi. Bolaning yuz mimikasi hamda uni
ifodalanishi sovuqqon bo‘lishi mumk
in, bu autizmli bolani dizontogenezini birinchi bosqichini
xarakterlaydi.
Bolani xulqini baholashda uning adekvatligiga hamda qiziqishiga yoki atrofdagilardan
o‘zini olib qochishiga e’tibor qaratish lozim. Bola yangi unga odatiy bo‘lmagan sharoitga
qanday
ta’sirlanmoqdaligini belgilash muxim: loyqayd, tinch yoki onasining orqasiga bernishi,
xonaga kirgisi kelmasligi, uni kuch bilan tortishlari(autizmli dizontogenezni uchinchi turi).
Autizmli bolani ikkinchi bosqichda tekshirishning asosiy vazifasi autizmli dizontogenez
turini bola hamda kattaning orasidagi o‘zaro munosabatlarni adekvat
-imkoniyatlarini
o‘rnatishdir. Munosabatlarning adekvatligi bolaning affektiv jarayonlarini nuqsoning
darajasi
ga bog‘liq. O‘zaro ta’sirlarning tashkiliy shakli bolani ihtiyori
y faoliyatini hamda unga
kattalarning qo‘shilishi. Bolaning rivojlanish darajasiga mos birgalikdagi faoliyat o‘yinga
aylanishi mumkin. Agarda birgalikdagi o‘yinni shakllantira olinmasa, mutax
assis xonadagi
predmetlarni bolaga boshqarish imkonini tashkillashtirishi lozim.
|