Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə967/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   963   964   965   966   967   968   969   970   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Mannonova Muxarramabonu
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 
4-kurs talabasi,
 Odiljon Parpiyev
“Ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada audioligval metodning paydo bo‘lishi, uning ta’lim 
tizimidagi ya’ni tilni o‘rganishdagi ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘
quvchilarining nutqiy 
savodxonligini rivojlantirishda tinglab tushunishning afzalliklari, Milliy o‘quv dasturining 
mazmunida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ifodalanishi, bir qator olimlarning 
audiolingval metod haqidagi fikrlari bayon qilingan. 
 
Kalit so‘zlar: 
boshlang‘ich ta’lim, audiolingval metod, kompetensiya, tinglab tushunish, 
nutqiy savodxonlik, og‘zaki nutq, audiomatn, darslik, milliy o‘quv dasturi. 
 
Kirish. 
Til o‘rganish kishilik jamiyatida bag‘oya
t muhim sohalardan hisoblanadi. 
M
uloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik orasida) yoki uyushgan 
holda (darsda) amaliy egallash murnkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan 
o‘rganiladi.
 
Ona tili tafakkur shakllani
shida alohida xizmat o‘taydigan b
irinchi tildir. Ruhshunoslar 
e’tirofiga binoan „tafakkur —
verbal“, ya’ni fikrlash so‘z bilan chambarchas bog‘liq, so‘z —
tushuncha ifodalovchisi. 
Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. 
“Kishining zebu ziynati, go‘zalligi uning tilidadir”, deyiladi. Qadim
-qadim zamonlardan beri 
har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurm
at bilan qaraydi. Chunki til millat degan 
birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. 
Shunday ekan, Respublikamizda bolalarga yoshligidanoq ona tilining boy 
imkoniyatlarini o‘rgatish bo‘yicha ta’limiy islohotlar o‘tkazildi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining: 
“Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham

muhit ham o‘zgarmaydi”,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim 
islohotlarida ko‘rdi.
2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishg
a oid davlat dasturiga 
muvofiq ma
ktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan “Milliy o‘quv 
dasturi”ni to‘laqon
li joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan 
zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish belgilan
adi. Jumladan, milliy o‘quv dastu
ri asosida 
yaratilgan ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining amaliyotga joriy qilinishi q
uvonarli 
holdir.
Amaliyotda ona tilini o‘qitish bo‘yicha nutqiy faoliyatning 4 xil turi: tinglab tushunish, 
o‘qib tushun
ish, gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishga alohida 
e’tibor berib kelinmoqda.
Ona tili fanining umumta’lim maktablarida o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagicha: 
“Ona tili” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi 
-
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘r
i
hamda ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy
fik
rlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan 
shaxsni kamol toptirishdan ibora
t”.
Chet tillarini o‘qitishning audiolingval usuli Michigan universiteti o‘qituvchilari 
tomonidan Charlz Friz va Robert Lado rahbarl
igida ishlab chiqilgan. Uning paydo bo‘lishi 
1940 va 1950-
yillardagi Amerikadagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha paytda 
mamlakat chet 
tilida so‘zlashadigan odamlarning ko‘pligiga muhtoj edi.


883

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   963   964   965   966   967   968   969   970   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin