Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə968/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   964   965   966   967   968   969   970   971   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Audiolingual metod - 
chet tilidagi og‘zaki nutqni o‘rgatish usuli bo‘lib, u nutq 
namunalarini takroriy tinglash va talaffuz qilishga asoslangan. Ushbu usul bilan idrokning 
eshitish kanaliga tayanish mavjud. Ch.Friz til
ni og‘zaki muloqot jarayonida qo‘llani
ladigan 
belgilar tizimi deb hisoblaydi.
Suhbatdoshlar, insoniy odatga ko‘ra, navbati bilan gapirish va bir
-birini tinglab 
tushunishga harakat qilishadi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, o‘z fikrini og‘zaki bayon etish 
(g
apirish) ko‘pchilik yoqtiradigan nutq faoliyatining turidir. 0‘zga shaxsni tinglab tushunish 
orqali turli axborot olinadi. Nutqiy muloqotda bo‘lish odam uchun zaruriy ehtiyoj sanaladi. 
Tinglash jarayonida so‘zlovchining ifo
da etmish mulohazalarini qisman y
oki to‘la
-
to‘kis 
tushunib yetmaslik ho
llari bo‘lib turadi. Buning asosiy sababi tinglab tushunishni o‘rgatishga 
yetarli e’tibor berilmasligidadir. Nutqni tinglab tushunish deganda, ovozli nutq (gapirish) 
chog‘ida quloq soli
sh, idrok etish va fahmlash angla
nadi. Umuman “nutq“ deganda gapirish, 
tinglab tushunish, o‘qib tushunish va yozuv tushuniladi. 
Ushbu metod o‘tgan asrning 60
-yillariga kelib, tinglash nutq faoliyatining turi sifatida 
atroflicha tadqiq etila boshlandi. Ma
’lum bo‘lishicha, gapirishni o‘rganishdan ko‘ra tinglab 
tushunishga erishish qiyinroq kechadi. Ushbu sohaga oid bir-biriga yaqin ikki terminni 
farqlash talab qilinadi: “tinglash“ —
quloq solish (Oz so‘zla —
ko‘p tingla) va ,,eshitish“ —
eshitish sezgisi (quloq) yordamida tovushni qabul qilish (Qizim, senga aytaman, kelinim, sen 
eshit). Tinglovchi tushunishga intiladi, eshituvchi tinglaganini tushunmasligi ham mumkin. 
Eshitish qobiliyatiga molik shaxs muayyan axborotni tushunish maqsadida so‘zlovchiga quloq 
soladi, ya’ni tinglash, aniqrog‘i
tinglab tushunish sodir bo‘ladi. Eshi
tdingmi, deyilganda, 
tinglab tushunganlikni aniqlamoqchi bo‘linadi. Xullas, „tinglab tushunish" birikmasi o‘zgalar 
nutqini (jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab 
yetish ma’nosini 
ifodalaydi. Tinglash va tushunish (fah
mlash) vaqt e’tibori bilan bir paytda 
(psixologiya tilida simultan) sodir bo‘ladi, bu ikki nutqiy hodisa faqat ilmiy tahlil uchungina 
ajratiladi, xolos.
Tinglab tushunishning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun quyidagi uch omil nazarda 
tutiladi: “Tinglovchining o‘ziga bog‘liqlik (eshitish malakasining rivojlanganligi, xotirasi, 
diqqati xususiyatlari), tinglash shart-sharoiti (nutq tezligi, til materiali hajmi va shakli hamda 
so‘zlanayo
tgan nutqning qancha vaqt davom e
tishi) va, nihoyat, qo‘llangan materia
lning 
lingvistik jihatlari (tinglovchi til tajribasiga mos kelish-
kelmasligi) hisobga olinadi”.
Tinglash ko‘p qirrali va faol jarayon bo‘lib, og‘zaki muloqotni passiv idrok etish emas. 
Rivers va Temperleylarning fikric
ha, tinglab tushunish “passiv emas, ba
lki fonologik, semantik 
va sintaktik imkoniyatlari haqida bilgan narsasi bilan tovushlar oqimidan xabar qurishning 
faol jarayonidir”. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   964   965   966   967   968   969   970   971   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin