Yopiq jarohatlar – har doim ichki qon qo‘yilishlar kuzatilib, gematoma hosil bo‘lishi bilan kechadi va u atrof to‘qima va hayotiy a’zolarni ezilishiga olib kelishi mumkin (ko‘proq ko‘ks oralig‘i venalari ezilishi kuzatiladi). Qaytuvchi nerv ezilishi natijasida kuzatiladi: quruq yo‘tal, ovozni bo‘g‘ilishi; simpatik nerv tutamini ezilishi natijasida Gorner sindromi kelib chiqadi (ptoz, mioz, endoftalm)