Umuman olganda, kombinatorikaning dastlabki rivoji qimor o‘yinlarini tahlil qilish bilan bog‘liq. Ba‘zi atoqli matematiklar, masalan, fransuz matematigi B.Paskal (1623-1662), sveytasriyalik matematik Ya.Bernulli (1654-1705), L.Eyler (1707-1783), rus matematigi P.L.Chebishev (1821-1894) turli o‘yinlarda (tanga tashlash, soqqa tashlash, qarta o‘yinlari va shu kabilarda) ilmiy jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilishda kombinatorikani qo‘llashgan.

XVII asrda kombinatorika matematikaning alohida bir ilmiy yo‘nalishi sifatida shakllana boshladi.
Blez Paskalo‘zining “Arifmetik uchburchak haqida traktat” va “Sonli tartiblar haqida traktat” (1665 y.) nomli asarlarida hozirgi vaqtda binomial koeffitsientlar deb ataluvchi sonlar haqidagi ma‘lumotlarni keltirgan. Fransuz matematigi P.Ferma (1601-1665) esa figurali sonlar bilan birlashmalar nazariyasi orasida bog‘lanish borligini bilgan.
Kombinatorika iborasi nemis matematigi G.Leybnis (1646- 1716) ning “Kombinatorik san‘at haqidagi mulohazalar” nomli asarida birinchi bor 1665-yilda keltirilgan. Bu asarda birlashmalar nazariyasi ilmiy jihatdan ilk bor asoslangan. O‘rinlashtirishlarni o‘rganish bilan birinchi bo‘lib Yakob Bernulli shug‘ullangan va bu haqdagi ma‘lumotlarni 1713 - yilda bosilib chiqqan “Ars conjectandi” (Bashorat qilish san‘ati) nomli kitobining ikkinchi qismida bayon qilgan. Hozirgi vaqtda kombinatorikada qo‘llanilayotgan belgilashlar XIX asrga kelib shakllandi.