Komilova Shohsanam Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari



Yüklə 11,11 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,11 Kb.
#203376
1   2
Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari-fayllar.org

Muammoda fikrni jamlashNizo kelib chiqqan opponent bilan avvalgi munosabatlar tarixiga nazar solmaslik(avvalgi kelib chiqqan nizolar tarixi).Konfliktlarda aybdor shaxs bo‘lmaydi! Konfliktlarda ikki qarama-qarshi manfaat bo‘ladi xalos.Konflikt yechimini topishda fikr va emotsiyalarni muammoga yo‘naltirish, vujudga kelgan muammo borasida qayg‘urish, butun energiyani muammo mazmunini belgilashga qaratish yaxshi natijalar beradi.Gaplaringiz va so‘zlaringiz osuda, bosiq, tinch, xurmat va izzat qilgan holda yuzaga chiqish.0‘z amallariga mas’uliyatli bo’lish.

Konfliktlar sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi.

Agar konflikt yechimi ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o'zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ilarni bajara olmayotganligingiz haqida o'rtoqlashishingiz kerak bo’ladi.

Faol tinglash malakasiOchiq chehralik, samimiylik, mushohadalik, bosiqlik, vazminlik, argumentlarni ochiq va asosli bayon qilish, birovni ayblamay gapirish, mehrli bo’la olish, gaplashganda chetga qarab turmaslik, ko‘zni olib qochmaslik, samimiy va ochiq nazar bilan qarash, tahdid soluvchi harakatlar va so'zlardan o‘zini tiyish, muloqotga tayyorlikni ko‘rsatish, soxta xushomaddan o‘zini tiyish, piching va istehzodan mutlaqo foydalanmaslik, birovni kamsitmaslik, o‘zini katta olmaslik kabilar ana shunday tartib-qoidalardan hisoblanadi. L.Feyerbax, «Insonni bilish uchun uni sevish kerak», deb aytgan. Agar opponentingiz sizga qo‘pol muomala qilsa ham, siz uning qo‘polliklariga bosiqlik va hurmat bilan munosabat bildirsangiz, uning o‘zi uyalib qoladi, chunki hech kimsa o‘zining qalbida «men - madaniyatsizman» deb tan olgisi kelmaydi, hamma «yaxshi odam» bo’lishga intiladi. Siz bilan gaplashayotgan, o‘z dard-u hasratini aytayotgan odamdan yuzingizni teskari qilib, bee’tibor, esnab, yuzingizni boshqa tomonga burib gaplashsangiz, bu odamni inson va do‘st sifatida o‘zingizdan uzoqlashtirgan bo’lasiz.Birovni eshitish - juda muhim fazilat va zarur xislatdir. Birovni eshita olish qobiliyati - insonning komil shakllanganlik belgisidir.Birovning his-tuyg’usiga e’tiborli bo’lish

Inson insonga har jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson axloqi uning boshqalarga bo’lgan munosabati orqali bilinadi, o‘zini ko‘rsatadi, ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan bo’lsagina, u yuzaga chiqadi.

Shaxsga emas muammoga hujum qilish

F. Laroshfukoning ta’kidlashicha, «Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon bo‘lmaydilar». Ulaming yaxshi va yomon fazilatlarini namoyon etuvchi vaziyatlar bo‘ladi xolos. Mana shunday vaziyatlarda odam o'zini tutishi uning madaniylik belgisi bo‘ladi. I. Gyote esa, «Yaqin kishilarimizga o’zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deya yondashsak, ularni yanada yaxshiroq bo‘lishiga majbur etamiz», degan.



Bu amallar noto‘g‘ridir!1. Tahqirlash. 2. Ayblamoq, doimo ayb qidirishga intilish. 3. Nafratlanish, hazar qilish va odamlar ustidan kulish. 4. Hamsuhbatdoshni tinglamaslik, uning so‘zlari va fikrlariga bepisandlik, e’tiborsizlik. 5. Tengma-teng bo‘lish. 6. O'tgan ishlarni yuziga solish. 7. Bosim o'tkazishga harakat qilish. 8. Boshqalarning so‘zlarini eshitmaslik, ular so‘zini qo‘pol ravishda bo‘lish. 9. Tahdid qilish, qo‘rqitish, nafsoniyat va hayotga xavf solish. 10. Psixologik va jismoniy shantaj. 11. Kinoya, piching qilish, istehzo bilan munosabatda bo’lish. 12. Boshqalarga tazyiq o‘tkazish. 13. Agressiv munosabatga o'tish va zo‘ravonlik ko‘rsatish. 14. Kuch ishlatish. 15. 0‘z dilsiyohligini o‘zidan zaif odamlarga to‘kish. 16. Boshqalar haqida bo’xton gaplar tarqatishlik, g’iybat, gap tashuvchilik. 17. Ranjitish, dilsiyohlik, boshqalar ko'nglini og‘ritish. 18. Buyruqbozlik, o‘zini boshliq deb bilish. 19. Mas’uliyatidagi vazifalarni bajarmaslik. 20. Mas’uliyatli qarorlar qabul qilishdan cho‘chish.XulosaShunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlaridan sanalgan - e'tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga hujum qilish, o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo’llash, birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo’lish, o‘z va’dalari va amallariga mas’uliyatli bo’lish kabi qoidalariga rioya etish konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo‘naltirilgan talablardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo’ysunish muammoda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, xafa bo’lmasdan, o‘z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o‘zga kishi nafsoniyatiga tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini beradi. Konflikt yechimida va bo’lib o‘tgan voqea tahlilida umr bo‘yi bo’lib o‘tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o‘rganish lozim bo’ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki oldinga, istiqbolga qarab yashash lozim.E’tiboringiz uchun raxmat
Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin