Fayl va Papkalar ustida amallar bajarish Kompyuterda fayl va papkalar bilan ishlash jarayonida bir necha asosiy amallar bajariladi: fayllarni hosil qilish, ochish, nusxalash, qayta nomlash, yopish, uzatish va o‘chirish.
1. Papka hosil qilish uchun ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilib, hosil bo‘lgan oynachada (kontekst menyuda) → Создать → Папку buyrug‘i tanlanadi.
2. Fayl yoki papkani ochish uchun kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada → Открыть buyrug‘i tanlanadi.
3. Fayl yoki papkani uzatish uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Отправить buyrug‘i tanlanadi.
4. Fayl yoki papkani o‘chirish uchun papka yoki faylni kursor bilan belgilab, sich-qonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Удалить buyrug‘i tanlanadi.
5. Fayl yoki Papkani qayta nomlash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Переименовать buyrug‘i tanlanadi.
6. Fayl yoki Papkani nusxalash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng
tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Копировать buyrug‘i tanlanadi.
Xulosa EMDlarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog - bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMDdagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMDda bir nechta katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi. Kataloglar aslida maxsus ko'rinishdagi fayllar bo'lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o'z nomiga ega bo'lib, u boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda katalog nomiga kengaytma qo'llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro'yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi. Katalog - fayl emas, balki fayllar yozish va katalog osti ochish uchun joy ajratishdir.
Boshlovchi (Provodnik) dаsturi. PUSK mеnyusi PRОGRАMMI bo‘limining STАNDАRTNIЕ guruhidаn PROVODNIK dаsturigа kirilаdi. Boshlovchi (Provodnik) – WINDOWS muhitida foydalanuvchilar fayl va papkalar (kataloglar) ustida hаr-xil amallar bajarishga mo‘ljallangan. Boshlovchi dasturi osonlikcha fayl va kataloglar yaratish, qayta nomlash, nusxa olish, o‘chirish kabi bir qator ishlarni tеz va soz bajara oladi.