Boshlash menyusini tozalash Ko'pgina Windows kompyuterlarida "Ishga tushirish" menyusidagi tartibsizliklar juda yuqori. O'rnatilgan har bir dasturda piktogramma qo'yish uchun alohida yondashuv mavjud: ba'zilari faqat bitta ikonkani qo'shishadi, boshqalari o'z nomlari bilan papkalarni yaratadilar, boshqalari esa o'zlarining ishlab chiquvchilari sharafiga kataloglar nomini berishadi. Bu haqiqiy tartibsizlikni keltirib chiqaradi, bu to'g'ri dasturni izlashni yurak xiralashishi uchun emas, balki faoliyatga aylantiradi.
Operatsion tizimning tez ishga tushirish paneli yoki superbar kabi foydali funktsiyalariga qaramay, biz chalkashliklarni engishga, Ishga tushirish menyusiga kirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Avval siz "Ishga tushirish" da ilovalarni qanday tamoyil asosida tashkil etishingizni hal qilishingiz kerak. Dasturlarning maqsadlariga asoslangan tuzilma o'zini o'zi taklif qiladi. Mana uning misoli:
Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.