KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va rivojlanishning yangi bosqichida tijorat
banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar beqiyosdir. Buning isboti
sifatida shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiyotga banklar tomonidan ajratilayotgan
kreditlarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda.
Xususan, iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari
hajmi 2017-yilda 25,1
foizga oshib, 53,4 trln.so'mga yetdi. Mazkur kreditlarning
80 foizini investitsiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil
etdi.
Bundan shuni ko‘rishimz mumkinki, tijorat banklarining kredit portfeli hajmi
yanada oshmoqda. Tijorat banklari kredit portfeli o‘sishi, albatta, ijobiy holat
hisoblanadi. Ammo turli sohalarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning
hammasi ham standart kreditlar emas hamda bu kreditlar
tarkibida muammoli
qismi ham mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlarni oldini olish uchun tijorat
banklari tomonidan kredit portfelini boshqarishni yanada takomillashtirish va
albatta ushbu sohada xorij tajribasini o‘rgangan holda, bizning bank tizimimizga
qo‘llash hamda yangi ishlab chiqilayotgan qonunchilik me’yoriy
hujjatlari, ilmiy
adabiyotlar va jahonda qo‘llanilayotgan xalqaro talablarni qo‘llashdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g‘risida”gi PF-4947-sonli 2017-yil
7-fevraldagi Farmoni davlatimiz va jamiyatimiz, qolversa,
iqtisodiyotimiz
rivojining kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu farmonning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyotimizni, qolaversa,
bank tizimini yanada isloh qilishning mexanizmi ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar belgilab
olindi:
-makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli
monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda,
milliy valyuta va ichki
bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash
va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashga yo'naltirilgan qonunchilikni
takomillashtirish;
-milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlash;
-valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-
bosqich joriy etish;
-davlat mablag‘lari haqidagi ma'lumotlarning shaffofligini ta'minlashga, pul-
kredit
siyosati
vositalarini
yanada
takomillashtirish
hamda
ularning
samaradorligini
oshirishga,
naqd
pul
muomalasi
mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqish;
-bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy
tamoyil va mexanizmlarni
joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'ymayotgan to'siqlarni
bartaraf etish va boshqalar
1
.
Bugungi
kunda
Respublikamizda
iqtisodiyotni
rivojlantirishga
yo'naltirilayotgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan
foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish
shaklidagi mijozlar miqdori
ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va
ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo'yicha hisoblangan
foizlarni o'z vaqtida undirib olishni ta'minlash banklar
kredit portfeli ustidan
doimiy kuzatib borish asosiy vazifa deb talab qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: