3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy
tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib,
insoniyat taraqqiyotining
mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni ishlab
chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf
etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda,
jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal
etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda
davlat
ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik
qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni
yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral
kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni tasdiqlandi.
Uning
uchinchi yunalishi “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan
bo’lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy
islohotlarni
davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor
mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini
rag’batlantirish” ustuvor yo’nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas
1
.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Xususiy mulk va xususiy
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yulda
g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf
etish eng muhim ustuvor
vazifadir. Barqaror iqtisodiy o’sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining