18
Kollektiv mulkning hosil bo’lishi va ko’’ayib borishi davlat korxonalarini
ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini
sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aktsiyadorlar
jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik
shaxslarning mol-mulkini
koo’erativlar va boshqa xo’jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy
birlashtirish bilan tahminlanadi.
Oilaviy mulk.
Oila ahzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila
ahzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro’zg’or va yordamchi xo’jalikni yuritish uchun
hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, o’zga faoliyat uchun kerakli
ishlab chiqarish vositalarini va istehmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o’z
ichiga olishi mumkin.
Oilaviy mulk huquqi o’z subhektlarining har biriga aynan tegishli bo’lgan
xususiy mulkdan iborat bo’lishi mumkin.
Mahalla mulki.
Ijtimoiy o’z-o’zini boshqarishning boshlang’ich bo’g’inlari —
mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan
va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla
aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari,
shuningdek mazkur mol-mulkdan xo’jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan
tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari,
moddiy va xayriya
yo’sinidagi yordamlari, xalq de’utatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va
moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subhektidir. O’zi saylab
qo’ygan organlar — mahalla mulkini to’la xo’jalik yuritish asosida egallaydi,
undan
foydalanadi va tasarruf etadi.
Dostları ilə paylaş: