Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Jamoat birlashmalarining mulki



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

Jamoat birlashmalarining mulki. 
Jamoat birlashmalari (siyosiy ‘artiyalar, 
ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar
veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, 
uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko’zda 
tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan tahminlash uchun zarur bo’lgan binolar, inshootlar, 
uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy mahrifiy va sog’lomlashtirish maqsadlariga 


21 
xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va mol-mulk bo’lishi 
mumkin.
 
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag’lari hisobidan ularning 
ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham 
bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari ahzo bo’lish va ahzolik 
badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o’tkazilgan lotereyalardan tushgan 
mablag’lar; ishlab chiqarish-xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; 
qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va 
ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish 
va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari 
bilan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini 
ko’zlab yoki O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat 
uyushmalarining mulki bo’la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo’yilishi mumkin. 
Jamoat uyushmalari o’z ustavlarida yozib qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq 
hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda o’zga davlatlardan keladigan pul 
mablag’larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. Siyosiy maqsadlarni 
ko’zlaydigan ‘artiyalar va ijtimoiy harakatlar o’zga davlatlarning yuridik va jismoniy 
shaxslaridan moliyaviy va o’zga moddiy yordam olishga haqli emaslar. Jamoat 
uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko’zda tutilgan 
maqsadlarda ishlatiladi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin