beshinchi bosqichi
O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24
yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon
asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va
barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida
xususiylashtirilgan obhektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini
sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli
obhektlarni nolg’ darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya
majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi
25
.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich
davom ettirilmoqda. Mahlumotlardan mahlum bo’lishicha, 2004-2017 yillar davomida
6682 ta davlat obhekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag’larning jami
hajmi 1229,6 mlrd. so’mni tashkil etgan (2-jadval).
2-jadval
O’zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati
Yillar
Xususiylashtirilgan obyektlar
soni (birlik)
Xususiylashtirishdan tushgan
pul mablag’lari, mlrd. so’m
2004
1228
78,5
2005
980
80,5
2006
673
70,5
2007
631
111,1
25
Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые
Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики –
стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-
преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-
во РЭА, 2005, с.22-23.
34
2008
392
130,6
2009
135
35,7
2010
96
23,0
2011
95
39,2
2012
83
32,1
2013
82
44,1
2014
288
88,0
2015
848
103,2
2016
609
164,8
2017
542
228,3
Jami
6682
1229,6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq
qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-
joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va
zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga
qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda
ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obhektlarni
xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi
bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi
avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini bar’o etish
uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga
chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish
yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga
35
xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-
quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |