Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida 
rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda.
Birinchi 
‘rezidentimiz sh.Mirziyoev tahkidlaganidek, “jiddiy va kundalik ehtiborini talab 
qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada 
rivojlantirish va ularning tahsirchan himoyasini tahminlashdir.”
26

Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-
joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Istehmol tovarlari ishlab 
chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-’oyabzal, 
mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rolg’ o’ynashini inkor qilmaydi. CHunki 
iqtisodiyotning davlat korxonalari mahlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan 
sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga 
moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab 
qilinadi. 
Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan 
samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ziyod qonun 
xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi 
iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustaxkam 
huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo’lib xizmat 
qilishini tahkidlamoq zarur.
27
Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan 
bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini bar’o etib, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu 
26
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий 
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак” // Мамлакатимизни 2016 йилда 
ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг 
энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги 
маърузаси. Халқ сўзи 2017 йил 16 январь. 
27
https://gkk.uz/uz/yangiliklar/smi-o-komitete/3272-khususijlashtirilgan-korkhonalar-llab-uvvatlanmo-da 


36 
esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va im’ort o’rnini bosuvchi ko’’lab yangi 
turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini 
tahminlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik 
faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya 
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni 
qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Bu farmon 
asosida Mamlakatimizda bir qator ishlarning bajarilishi muhim vazifa sifatida qo’yildi. 
Jumladan, ‘rezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada 
rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan 
barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb 
belgilanmoqda. 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2017 yil 17 yanvardagi 
“Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obhektlarini sotishni 
jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, davlat mulki obhektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va 
bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf 
etish, xususiy mulk qilib sotilgan obhektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish 
va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan. 
Jumladan, 2017 yil 23 fevralida ‘rezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab 
chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2017 yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obhekt mavjud 
bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga 
ko’ra ishlamaydi. 
Bu 
korxonalarda 
moliyaviy 
resurslar, 
xomashyo 
materiallari 
hamda 
kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish 
holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari 


37 
eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval 
xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. 
Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish 
maydoniga ega bo’lib hisoblanadi. Bunday toifadagi korxonalarning eng ko’’ qismi 
Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent 
shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi
28

Xukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017-2018 yillarda 
2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. 
so’m va 228,4 mln. AQsh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi (shundan 1,28 
trln. so’m va 137,7 mln. AQsh dollari bank krediti) orqali 25 mingdan ortiq yangi ish 
o’rni yaratilishi rejalashtirilgan. 
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida ‘rezidentimiz sh.Mirziyoev 
aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obhektlarini o’zaro sheriklik asosida 
xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida 
elektron savdolar va auktsionlar orqali ye

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin