41
Xulosalar
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda
etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar,
tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik
munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish
borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy
mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi
munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga
nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav
fondida
davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va
xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan
kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini
sezilarli
darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni
kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini
ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz
ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan
mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab
yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda,
bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini
himoyalash kafolatlarini
kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul
shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi
davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan
hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish,
tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan
bino va inshootlarni
42
buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb
etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada
kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik
tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy
resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
joylarda ijtimoiy qamrov
darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
Tub uzgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xakikiy
mulkdorlar kuliga berish;
Kup ukladli iqtisodiyot hamda raqobat muxitini yaratish.
2012-2014 yillar mobaynida
xususiy
mulk mavqeini mustahkamlash, uning
daxlsizligini tahminlash, biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
«Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida»,
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahrirda)»,
«Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida», «Raqobat
to’g’risida», «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi kabi o’nlab qonunlar qabul qilingan.
2017-yildan O’zbekiston Respublikasida mulkning turli shakllarini himoya qilish
borasida qonunchilikni rivojlantirib borish natijasida mulkchilik tuzilishida tub
o’zgarishlar ro’y berdi, ko’pukladli iqtisodiyot, uning tarkibida
xususiy mulk ustuvor
ahamiyat kasb etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hal qiluvchi o’rin egalladi,
bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va
farovonligi oshib borishining asosiy manbai, aholi bandligi usishining eng muhim
omiliga aylandi.
Dostları ilə paylaş: