2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit portfelini sifat
jihatidan tasnifi (foizda, 2017-yil 1-yanvar holatiga)
18
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respbulikamiz tijorat
banklari kredit portfeli ijobiy holatda deb aytishimiz mumkin. Chunki kredit
portfelida standart kreditalrning ulushi jamiga nisbatan 87,36 foizni yoki
45466593.2 mln.so‘mni tashkil qilmoqda hamda substandart kreditlar esa 12,00
foizni yoki 6245411.16 mln.so‘mni tashkil qilgan. Qoniqarsiz, shubhali va umidsiz
kreditlar jami kredit portfelidagi ulushi sezilarli darajada yuqori emas. Bu holat
tijorat banklarimiz uchun ijobiy jarayon hisoblanadi.
Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar
kuzatilmaydi. Bunda asosiy qarz summasining va foizlarining hech qanday qismi
muddati o'tgan yoki shartlari qayta ko'rib chiqilmagan bo'lishi lozim. Asosiy qarz
18
“AHBOR-REYTING” reyting agentligi sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
.
standart
87.36%
substandart
12.00
qoniqarsiz
0.35
shubhali
0.20%
umidsiz
0.09%
standart
substandart
qoniqarsiz
shubhali
umidsiz
summasi yoki foizlardan muddati o'tgan va shartlari qayta ko'rilgan aktivlar sifati
“standart” deb tasniflanishi mumkin emas.
Tijorat banki zaxira kapitali tarkibida sifati “standart” deb tasniflangan
aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 1 %
miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zaxira shakllantirishi lozim.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar
va boshqa majburiy to'lovlar to'langandan so'ng qolgan sof foyda hisobidan,
hisobot sanasiga sifati «standart» deb tasniflangan aktivlar qoldig‘idan kelib
chiqqan holda tashkil qilinadi.
Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy
holatlar yoki tendentsiyalar mavjud bo'lib, agar ular bartaraf etilmasa,
moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni o'z
vaqtida to'lash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo bo'lishi mumkin bo'lgan aktivlar
sifati «substandart» deb tasniflanadi. Bunda moliyaviy holati yoki ta'minotni
nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo'lgan, kredit hujjatlarida yetarlicha
axborot bo'lmagan yoki ta'minot bo'yicha hujjatlari bo'lmagan “standart” deb
tasniflangan aktivlarning sifati ham «substandart» deb tasniflanishi lozim.
Tijorat banki sifati “substandard” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 10 % miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa,
aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
-
asosiy to'lov manbalari qarz to'lash uchun yetarli bo'lmasa, ta'minotga
qo'yilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to'lanishi
lozim bo'lgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo'shimcha to'lov
manbalarini topish talab etiladigan bo'lsa;
-
qarz
oluvchining
joriy
moliyaviy
holati
yoki
uning
pul
mablag‘larining mo'ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli
bo'lmasa;
-
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo'lmasa;
-
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo'lmasa;
-
ta'minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech
bo'lmaganda asosiy qarzning to'lanmagan summasiga teng bo'lsa;
-
asosiy qarz va foizlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud
bo'lib, uning muddati 90 kundan oshmagan bo'lsa.
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 % miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim.
Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega
bo'lib, mavjud sharoitda aktivlarning to'liq qaytarilishini shubha ostiga va kam
ishonchli qilib qo'yadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda
yo'qotishlar ko'rish ehtimoli yuqori bo'lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud
bo'lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa,
aktivlarning sifati «shubhali» deb tasniflanadi:
-
“qoniqarsiz” aktivlarning hech bo'lmaganda birorta ko'rsatkichi,
shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo'lsa (bozorda oson sotiladigan
ta'minotning mavjud emasligi yoki ta'minlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud
qarz oluvchining bankrot deb e'lon qilinishi);
-
yaqin kelajakda aktivning qisman to'lanish ehtimoli mavjud bo'lsa;
-
asosiy qarz va foizlar bo'yicha 90 kundan ortiq lekin, 180 kundan
oshmagan muddati o'tgan qarzdorlik mavjud bo'lsa.
Tijorat banki sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 50 % miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim.
Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan
dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo'lgan hamda qaytmaydigan yoki
qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga
muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.Bunday
tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini
bildirmaydi.Biroq, tijorat banklari o'z balanslarida bunday aktivlarning hisobini
yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas.Tijorat banki tomonidan
ta'minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni
qaytarish choralari qo'llanishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa,
aktivlarning sifati «umidsiz» deb tasniflanadi:
-
aktivlarni undirilishi sud jarayonida bo'lsa;
-
qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qo'yilgan mol-
mulkka bo'lgan huquqlardan foydalanish yo'li bilan tijorat banki tomonidan
balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank
faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida
foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qo'yilgan
paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan bo'lsa;
-
aktivlarning to'lash muddati uzaytirilgan bo'lsa;
-
asosiy qarz va foizlar bo'yicha 180 kundan ortiq kunga muddati o'tgan
qarzdorlik mavjud bo'lsa.
Tijorat banki sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 100 % miqdorida maxsus zaxira
shakllantirishi lozim
19
.
Agar tijorat bankida bitta qarzdorga berilgan bir necha aktivlar mavjud
bo'lsa, qarzdor tomonidan tijorat bankiga qaytariladigan barcha aktivlar sifati
ulardan eng past toifada tasniflangan aktivlar sifatidek tasniflanishi lozim.
Agar qarzdorning bir nechta tijorat banklari oldida qarzi mavjud bo'lib,
ularning birida qaytarilishi lozim bo'lgan aktivlar sifati eng past toifada
tasniflangan bo'lsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga berilgan aktivlar
sifatini mazkur toifada tasniflashlari shart.Bunda tijorat banklari qarzdorga boshqa
tijorat banklari tomonidan berilgan aktivlar sifatining tasnifini aniqlash uchun
kredit axboroti ma'lumotlar bazasidan foydalanishlari lozim.
19
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlarni
sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomi.
Ta'minotga qo'yiladigan talablar asosan tijorat banklarining kredit portfelini
shaklantirishdagi asosiy jarayon hisoblanadi.
Ta'minot kredit to'lashning ikkilamchi manbai hisoblanadi.Tijorat banklari
tomonidan ta'minotga kreditni qoplashning asosiy manbai sifatida qaralmasligi
lozim.
Ta'minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi
e'tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta'minotni sotishdan asosiy qarz va
foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart.
Aktivlarning yuqori likvidli ta'minotiga:
-
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati;
-
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlardagi milliy va xorijiy valyuta
shaklidagi garov;
-
Hukumatning qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
-
Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
-
qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi
garov kiradi.
Aktivlarning yuqori likvidli bo'lmagan ta'minotiga:
-
ko'chmas mulk, shu jumladan yer uchastkasiga bo'lgan huquq;
-
ko'char mol-mulk;
-
xo'jalik jamiyatidagi ulushga bo'lgan huquq;
-
hukumatning qimmatli qog‘ozlaridan boshqa qimmatli qog‘ozlar
shaklidagi garov;
-
yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi.
Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo'lmaganda bittasi
o'zgartirilgan bo'lsa, ular shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
-
foiz stavkasining pasaytirilishi, Markaziy bankning qayta moliyalash
stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari
bundan mustasno;
-
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi;
-
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir to'lovlarning bir qismi yoki
barchasidan voz kechilishi;
-
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining to'lash muddati kechiktirilishi
yoki uzaytirilishi;
-
qarz oluvchi va (yoki) ta'minot turining o'zgartirilishi, kreditning bir
qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta'minotdan chiqarilgan holatlar bundan
mustasno.
Shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflashda quyidagi omillar
hisobga olinishi kerak:
-
shartlar qayta ko'rib chiqilishining asoslari yoki sabablari;
-
bir qarz oluvchiga qarzni qaytarish muddatining necha marta
uzaytirilganligi;
-
dastlabki bitim shartlariga nisbatan yangi bitimda keltirilgan
shartlardagi o'ziga xos o'zgartirishlari. Bunda foiz stavkasining bozor stavkasi
darajasidan pasayishi, qo'shimcha ravishda aktiv bo'yicha qabul qilingan
ta'minotning o'zgarishi yoki kreditni qaytarish muddatining uzaytirilishi shartlari
qayta ko'rib chiqilgan aktiv sifatini tasniflash va tahlil qilish jarayonida inobatga
olinishi lozim.
Shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar sifati «substandart», «qoniqarsiz»,
“shubhali” va “umidsiz” toifalarning mezonlaridan foydalangan holda tasniflanadi.
Agar shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktiv bo'yicha almashuvchi yoki
qo'shimcha qarzdor dastlabki qarzdorning sho'basi yoki daxldor bo'lgan qarzdor
bo'lsa, bunda aktivlar sifatining dastlabki tasnifi o'zgarmasligi kerak.Qarz beruvchi
tomonidan qarzga doir xizmat ko'rsatilishi salbiy tasniflashning o'zgartirilishini
talab etuvchi hollar bundan mustasno.
Agar almashuvchi yoki qo'shimcha qarzdorning dastlabki qarzdor bilan hech
qanday aloqasi bo'lmasa, aktivlar sifatini tasniflash mezonlari almashuvchi yoki
qo'shimcha qarzdorga nisbatan qo'llaniladi.
Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko'rib chiqilishidan oldingi
tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin
emas.Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta ko'rib chiqilgandan so'ng
darhol «standart» toifani berish mumkin emas.
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta ko'rib chiqilganda, aktiv
sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta ko'rib chiqilishidan oldingi toifasidan bir
pog‘onaga past bo'lishi kerak.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lishi,
Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun
asos bo'ladi:
-
tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
-
tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning
o'zgarishi yoki mavjud emasligi;
-
tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo'yicha amalda
zararlar ko'rganligi;
-
yirik aktivlarning to'planishi;
-
nomaqbul iqtisodiy yo'nalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir
yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma'muriy-hududiy birlikda katta miqdorda
to'planishi;
-
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki
Markaziy bank tomonidan o'tkazilgan inspektsiya tekshirishlari natijasida
aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli
boshqa holatlar.
Tijorat banklarida kredit portfeli sifat jihatdan tasniflanishi bo‘yicha
majburiy zaxiralarni tashkil qilib borish shart hisoblanadi. Chunki ushbu zaxirlar
tijorat banki uchun himoya vazifasini bajaradi.Ushbu zaxira summalari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.
|