II. RESPUBLIKAMIZ TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI BOSHQARISH AMALIYOTINING TAHLILI 2.1. O‘zbekiston tijorat banklarida kredit portfelini boshqarish tartibi va tahlili O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit portfelini boshqarish
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Markaziy bank tijorat banklarini unga taqdim qilgan hisobotlari orqali
nazorat qiladi.
Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini
aks ettirishi lozim.
Hisobotlarning haqqoniy bo'lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari
va aktsiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarga
nisbatan noqonuniy ish olib borilgan deb nazarda tutiladi hamda xavfsiz
bo'lmagan, nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan
muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy
bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank
talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan
bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos
bo'ladi.
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning 70 % idan
ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish
jarayonining bo'shligini bildiruvchi hamda daromadlilik darajasini pasayib
ketganini ifodalovchi ko'rsatkich hisoblanadi.
Tijorat banklarida daromad keltirmaydigan aktivlarning oshib ketishi
bankning rentabellik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirni ko‘rsatadi. Bu esa tijorat
banki uchun xavfli holat hisoblanadi. Hatto ushbu jarayon bankning bankrot
bo‘lishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi holat bo‘yicha AT „Aloqabank“ ning aktivlarini tahlil qiladigan
bo‘lsak, bu holat quyidagicha ifodalanadi.