1.2. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda xorij tajribasi
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish natijalari shuni
ko'rsatadiki, tijorat banklari kredit portfelining sifatli boshqaruvi bevosita bank
tomonidan kredit siyosatini amalga oshirish amaliyotining asosiy yo'nalishlarini
belgilab olinganligi bilan baholanadi. Kredit siyosatini amalga oshirish
amaliyotining asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
Bank tomonidan ajratilgan kreditlarning iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida
taqsimlanganlik va joylashtirilganlik holati. Ushbu yo'nalishning ahamiyati
shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy
mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq va boshqa xususiyatlariga ko‘ra
joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, ushbu yo'nalish kredit
siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning
o'zaro nisbati. Ko'pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining
nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa
muddatli
kreditlar
hajmini
oshirish
tijorat
banki
daromad
bazasini
mustahkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. Chunki qisqa muddatli
kreditlar uzoq muddatli kreditlarga nisbatan qaytuvchan va daromadlilik
xususiyatlari yuqoriroq hisoblanadi.
Jami foizli daromad tarkibida tijorat banklari tomonidan ajratilgan
kreditlardan kelgan foizli daromadning salmog‘ini barqarorlashtirish. Tijorat
bankining moliyaviy barqarorligini ta'minlashning birlamchi omillaridan biri
kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori
va barqaror darajasini ta'minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, bank tizimi
yosh bo‘lgan mamlakatlarda, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy
yo'nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini
kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.
Tijorat banklarining kreditlash shakllaridan foydalanish darajasi.Kreditlash
shakllaridan to'laqonli tarzda foydalanish kredit siyosatining samaradorligini
oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan.Kreditlash shakllari bankning
kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta'sir qiladi.
Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob'ektlaridan foydalanish
samaradorligi.Respublikamizning tijorat banklarning faoliyatida kreditlarni garov
asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu
sababli, garov ob'ektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim
ahamiyat kasb etadi va kredit ajratish jarayonida ta’minot manbasini chuqur
o‘rganish talab etiladi
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o'tgan
kreditlar salmog‘ining o'zgarishi. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami
kreditlar hajmida muddati o'tgan kreditlar salmog‘ining o'zgarishi tijorat bankida
kredit berish mexanizmi to‘g‘ri tashkil qilinmaganidan dalolat beradi. Bu holat esa
tijorat banklarida kredit riskining oshib ketishiga olib keladi
13
.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida, xususan G‘arbiy Yevropa
davlatlarining bank amaliyotida muddati o'tgan kreditlarning jami kredit
qo'yilmalari hajmidagi salmog‘ini 3 foizdan oshmasligi normal holat hisoblanadi.
Bu ko'rsatkichning yo'l qo'yilishi mumkin bo'gan chegaraviy miqdori 5 foizni
tashkil qiladi.
Muammoli kreditlar moliyaviy inqiroz natijasidir.Lekin shunga qaramasdan,
ko'pgina mamlakatlarda shunday qarz oluvchilar sinfi mavjudki, ular kreditni
13
Лаврушин О.И. Банковский менеджмент: учебник / кол.авторов; под ред. д-ра экон.наук, проф.
О.И.Лаврушина.- 2-е изд., перераб. и доп. – М.: КНОРУС, 2009 - 560с.
to'lamaydigan yomon qarz oluvchilar deb ataladi, chunki bunday qarz oluvchilar
kreditni
so'ndira
olish
imkoniyatiga
ega
bo'lsada,
uni
so'ndirishni
xohlamaydilar.Pul mablag‘lari bilan bo'ladigan inqirozlar kutilmaganda yuzaga
keladi, lekin muntazam rivojlanib boradi.Kredit bo'limi xodimlari ehtimoliy
yo'qotishlarga qarshi turadigan birinchi liniya hisoblanadilar. Ular yuzaga
kelayotgan inqirozning birinchi belgilarini sezishlari va tahlil qila olishlari hamda
unga qarshi tura olishlari lozim.
Amerikalik iqtisodchilar ko'plab kuzatishlar va tajribalar asosida muammoli
kreditlarni oldindan aniqlash va ularga nisbatan qo'llanadigan zaruriy chora-
tadbirlar rejasini ishlab chiqishgan.
Agarda mijozdan moliyaviy hisobot ma'lumotlarining olinishiasossiz
ravishda kechiktirilsa, ayniqsa, kredit shartnomasida talab qilingan ma'lumotlarni
olish davri belgilangan muddatlarda olinishi sharti ko'rsatilgan yoki nazarda
tutilgan bo'lsa nomoliyaviy xavotir signallari yuzaga keladi va xavotir signallari
shunday vaziyatlarni anglatadi. Mijozlar tomonidan ma'lumotlarni kechiktirish
sabablarini tushuntirishga urinishning o'zi muammoli kredit belgilarining namoyon
bo'lganini anglatadi.Boshqa nomoliyaviy belgilar mijoz faoliyatida rejalarning
birdan o'zgarishi, kompaniya rahbariyati tarkibida kutilgan radikal o'zgarishlarning
sodir bo'lishi yoki qarz oluvchi bozorida noqulay tendensiyalarning rivojlanishidan
iborat bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi kabi u yoki bu salbiy oqibatlar natijasida mijozning moliyaviy
hisobotlarining kechikish sabablarini birma-bir bankka tushuntirib o'tirish
mijozning xohishi emas albatta va bu esa, bank va mijozning o'zaro aloqalarida
bo'lishi lozim bo'lgan ishonch va hamkorlikning rad etilishiga sabab sifatida
baholanishi mumkin. Eng yomoni, mijozning bu sabablarni ochiq oydin
tushuntirishni xoxlamasligi qandaydir ko'ngilsiz ma'lumotning yashirishga harakat
qilayotganligiga xizmat qilishi mumkin. Va aksincha, ba'zan mijoz o'zining u yoki
bu ma'lumotlarini berishni rad etish sabablarini raqobatchilardan himoyalanish
maqsadida qilganligini vaj qilib o'zini oqlashi ham mumkin.
Muammoli kreditning moliyaviy belgilari moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish
natijasida namoyon bo'lib qolishi mumkin.Faqat bunday hollarda ko'ngilsiz
voqealardan qochib bo'lmaydi.Muammoli kreditlarning moliyaviy belgilari qarz
oluvchiga berilgan kreditlarni modifikatsiya qilish orqali namoyon bo'lishi
mumkin.Mijozlarning kredit muddatlarini uzaytirish yoki overdraft kreditlariga
qo'yilgan limitlarni o'stirish to'g‘risidagi iltimoslari pul mablag‘lari harakatining
me'yorda emasligiga dalolat bo'ladi. Kreditning shartlari kreditning maqsadiga
muvofiq kelishi kerak.
“Yashirin muammoli kreditlardan dastlabki ta'sirlanish”
Muammoli kreditlarning moliyaviy yoki nomoliyaviy belgilari mavjud yoki
mavjud emasligiga bog‘liq ravishda bunday belgilar bank kredit bo'limi xodimini
bunga tayyor turishga undashi lozim. Ularning erta paydo bo'lishi zaruriy
ma'lumotlarni to'plashga va strategiyani ishlab chiqishga imkon beradi. Kredit
bo'limi xodimi kredit ahvoli yomonlashayotganini sezgan zahotiyoq, quyidagi
choralarni va me'yorlarni qo'llashi shart:
•
qarz oluvchining moliyaviy va xo‘jalik muammolarini tahlil qilish;
•
muammoli kreditlar bilan shug‘ullanuvchi bo'lim xodimi yoki
rahbariyatdan maslahat olish;
•
kreditga eng past tavsifni berishni maslahat berib, undan bank
foydasiga keladigan foizni aks ettirishni;
•
bank ushbu mijoz bilan ishlaganda yana qayerda risk bilan to'qnash
kelishi va risklilik darajasini baholash mumkinligi to'g‘risida ma'lumot to'plashi
lozim;
•
mijoz hisobraqamini va aylanma mablag‘larini doimiy tekshirib
borish;
•
barcha kredit hujjatlarini, garov, ta'minlanganlik darajasini ko'rib
chiqish;
•
kredit ta'minlanmagan bo'lsa, ta'minotni qo'lga kiritish imkoniyatlarini
o'rganib chiqish;
•
xatolarni tuzatish me'yorlarini ishlab chiqish.
Rejani ishlab chiqishning dastlabki bosqichida uni kim boshqarishini aniqlab
olish zarur. Ayrim banklar ushbu jarayonni kredit bo'limining aynan shu kredit
bilan ishlayotgan xodimi boshqarib borishi kerak deb hisoblaydi.Chunki bu xodim
o'zi ishlayotgan mijozini boshqalarga qaraganda juda yaxshi biladi yoki u ishni
shunday vaziyatga olib kelib qo'ygan ekan, demak, bankni bu vaziyatdan uning o'zi
olib chiqishi lozim.
Boshqa banklar esa, bunday vaziyatlar uchun alohida mustaqil bo'limlar
tashkil etadilar va bu bo'limlar mijoz bilan o'zaro aloqalarga xalal bermaydigan
ob'ektiv usullarni ishlab chiqadi.
Ikkala yo'nalish ham ustunlikdan ko'ra ko'proq kamchiliklarga ega.
Muammoli kreditlar bilan ishlash ko'p vaqtni va yo'qotishlarni talab qiladi. Bir
tomondan, bozorni yaxshi biladigan bank xodimi tomonidan muammoli kreditni
tiklashga sarflanadigan vaqt yangi kreditlarni berishga sarflanishi mumkin bo'lardi.
Bundan tashqari, bank xodimining mijoz bilan ortiqcha o'zaro aloqasi uning
uslubiyotining qat'iy va obyektiv bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Boshqa tomondan,
bankning maxsus bo'limi xodimlari o'zlarining qimmatli vaqtlarini mijoz
ishlaydigan kompaniya va tarmoqni o'rganishga sarflashlariga to'g‘ri keladi.
Kreditni “qutqarish” strategiyasi.
Bu yerda qandaydir universal qoida mavjud emas, har bir muammoli kredit
qanchalik o'zining noyob xususiyatiga ega bo'lmasin, u bilan ishlashning
shunchalik kengaygan quyidagi yo'llari mavjud:
•
qarzdorlik strukturasining o'zgarish dasturini ishlab chiqish;
•
qo'shimcha garov obyektini va kerakli hujjatlar to‘plamini olish;
•
qo'shimcha ta'minotni ushlab turish;
•
qo'shimcha mablag‘lar qo'yilmasi;
•
boshqa aktivlarni sotish;
•
kafilga murojaat qilish;
•
xarajatlarni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hokazo
14
.
14
www.bankir.com
Katta miqdordagi real mavjud muammoli ssudalar aktivlarni tasniflash,
kreditlar bo'yicha zahiralar tashkil qilish, muammoli kreditlar hisobini yuritish va
kreditlarni hisobdan chiqarish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Muammoli kreditlar masalasi nafaqat bizning respublikamizda, balki barcha G‘arb
mamlakatlari va MDHning boshqa mamlakatlarida ham dolzarb masalalardan
birini tashkil etadi.
Shuningdek, muammoli kreditlar bilan ishlashning xorij texnologiyasi katta
ahamiyatga ega bo'lib, ushbu texnologyani qo'llash bilan yaxshigina yutuqlarga
erishish mumkin.
PricewaterhouseCoopersning bosh maslahatchisi Edmonds Osiyo va
Yevropa mamlakatlarida muammoli kreditlar bilan ishlash uslubini ko'rib chiqib,
ularni boshqa mamlakatlar bilan solishtirib ko'rdi va u bundan xulosa qilib,
o'zining bankrotlik jarayonini isloh qilish texnologiyasini, bitimlarni tizimlash
texnologiyasini va daromadlarni taqsimlash va hisob risklari texnologiyasini taklif
etdi. Ayniqsa, bir qancha mamlakatlarda noqobil kompaniyalar kapitalini
restrukturizatsiya qilishda foydalaniladigan qo'shma korxonalarni yaratish
texnologiyasi ko'pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi.Bunday korxonalar shuningdek,
manfaatdor tomonlar uchun foydali bo'lgan ishlamaydigan aktivlar bilan
qarzlarning ochiq bozordagi savdosi orqali yoki kompaniyani o'z kuchi bilan
restrukturizatsiya qilish orqali mablag‘larni bankka qaytarish darajasi o'rtasidagi
munosabatni shakllantiradi.
Muammoli kreditlarni so'ndirishning yana bir muhim texnologiyasi
aktivlarni davlat korporatsiyalari tomonidan boshqarish amaliyotidir. Masalan,
Koreyada aynan shunday texnologiya qo'llaniladi, ya'ni Korea Asset Management
Corporation (KAMCO) korporatsiyasi aynan shunday faoliyat bilan shug‘ullanib
kelmoqda.Bu texnologiyaga binoan, davlat ishlamaydigan aktivlar bozorini
tezkorlik bilan yaratib, ushbu bozorda ishlamaydigan aktivlar savdosini o'tkazadi.
Xitoyda esa, Xitoy korporatsiyasi Ernst& Young mutaxassislari ko'magida
ochiq bozorda muammoli kreditlarni realizatsiya qilish amaliyoti qo'llanilmoqda.
Muammoli kreditlar bilan ishlashda shuningdek, muammoli kreditlar bilan
ishlashning yuridik hujjatlari, jismoniy shaxlarning muammoli qarzlari bilan
ishlash texnologiyalari, muammoli aktivlarninig auksioni va ularning bahosini
maksimallashtirish tashkilotlari texnologiyasi, muammoli aktivlar bilan ishlashda
shubhali bitimlarni ko'rib chiqish va ularni tadqiq etish texnologiyalari ham ishlab
chiqilgan bo'lib, ularni qo'llash orqali muammoli kreditlar hajmini kamaytirish va
bank tizimini kutilayotgan inqirozdan olib chiqib, uni rivojlantirish mumkin.
Xorij tajribasini o‘rganish natijasida shularni aytish mumkinki, jahon
tajribasini mamlakatimiz bank tizimiga qo‘llashning o‘ziga xos afzalliklari va
kamchiliklari mavjud. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar yordamida biz kredit
portfelinimizni tashkil qilishimiz, ya’ni kreditlashning muhim xususiyati bo‘lgan
banklar tomonidan yetarli darajada garov obyektini talab qilinishi. Bu holat esa
quyidagicha kamchiliklarga ega:
-
Respublikamizda mijozlarga tegishli yer maydonlariga nisbatan
xususiy mulkchilik munosabatlari mavjud bo'lmaganligi sababli, ulardan
kreditlarni berishda garov sifatida foydalanish mumkin emas;
-
Oltin va boshqa nodir metallar savdosiga nisbatan davlat
monopoliyasi mavjud bo'lganligi sababli, ulardan kreditlar uchun garov sifatida
foydalanishning iloji yo'q;
-
Respublikamizda
korxonalarning
to'lovi
hukumat
tomonidan
kafolatlangan qimmatli qog‘ozlari mavjud emas;
-
Mamlakatimiz bank amaliyotida hukumat kafolatlari mavjud bo'lib,
ular faqat xorijiy banklarning jalb qilingan kreditlari va mamlakat uchun strategik
ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarga berilgan kreditlar uchun berilgan;
-
Respublikamiz bank amaliyotida keng ko'lamda foydalanish mumkin
bo'lgan birinchi toifali garov ob'ektlarining yagona turi O'zbekiston hukumatining
qisqa muddatli obligatsiyalari hisoblanadi.
Demak, Respublikamizda birinchi toifali garov ob'ektlarining yetishmasligi
garov ob'ektlaridan samarali foydalanishga salbiy ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi.
Afzalliklari sifatida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, xorij tajribasini
mamlakatimiz bank tizimiga qo‘llash tijorat banklarining daromadliligi hamda
faoliyat olib borishga ijobiy ta’sir qiladi. Banklar faoliyatida kreditlarni
diversifikatsiya qilish, ya’ni muddati, tarmoqlar, mijozlar jihatidan taqsimlash
kreditlarni o‘z vaqtida qaytishini hamda muammoli kreditlarni hajmini
kamytirishga olib keladi.
Shuningdek, har bir tijorat banklarida va uning filialarida muammoli
kreditlar bilan ishlash va tahlil bo‘limlarini tashkil qilish banklar uchun muammoli
kreditlarni yuzaga kelishini oldini olgan bo‘ladi.
|