1-rasm. Kredit portfelini sifatini boshqarish tizimi
10
Tijorat banklari kredit portfelini tashkil qilishda va uni takomillashtirish
masalalarida hukumatimiz va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan
qonunchilik bazasi va qonunosti hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Bularga
quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin:
-
“Markaziy bank to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
-
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuni;
-
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-
yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlarni sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan
10
Гребеник Т. В Управление качеством кредитного портфеля коммерческого банка в период посткризисного
развития: Иқтисод фаналри номзоди … Дис.//-М.: 2014й 214б.
Kredit portfelini sifat jihatdan boshqarish
tizimi
Tamoyillari
Mexanizmlari
Bosqichlari
Asosiy
Qo‘shimcha
Muhimlilik;
Qobilayatlilik;
Tenglilik;
Yo‘nalishlarni
aniqlash;
Egiluvchanlikel
astiklik;
Maqsadlilik;
Komplekslilik;
Bosqichlilik;
Tahlilning
to‘liqliligi;
Oshkoralik;
Uzluksizlilik;
Ketma-ketlilik;
Tamoyillar
dinamikasi;
Boshqarish metodlari;
Boshqarish
instrumentlari;
Kadrlar ta’minoti;
Texnologiya
ta’minoti;
Ma’lumot kanallari;
Me’yoriy-huquqiy
ta’minoti;
Qabul qilingan kredit
qarorlari;
Kredit portfelini
tuzilishi;
Kredit olganlarni
monitoring qilish;
Kreditni sifat jihatdan
kategoriyasini
aniqlash;
Kredit portfeli sifatini
baholash;
Monitoring natijalari
axborotlarini tahlil
qilish va
umumlashtirish;
Kredit portfeli sifatini
boshqarishda chora-
tadbirlar ishlab
chiqishni
takomillashtirish;
yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida” gi Nizom;
-
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016yil 22-fevralda “
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi
Nizom;
-
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi
to‘g‘irisida” gi 2017-yil 27-dekabr Nizom;
-
“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon
xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar
berish tartibi to‘g‘risida” gi 2017-yil 20-martdagi 2344-sonli Nizom;
-
“Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishga nisbatan
qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 2011-yil 25-maydagi 2229-sonli Nizom;
-
“Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi 2005-yil
20- avgustdagi Nizom;
-
“Tijorat banklari tomonidan to‘qimachilik korxonalariga paxta tolasini
sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanam mablag‘larini to‘ldirishda
revolver kreditlari berish tartibi to‘g‘risida” gi 2007-yil 25-avgustdagi 1704-sonli
Nizom;
-
“Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari tomonidan milliy
valutada kreditlash tartibi to‘g‘risida” gi 2002-yil 18-apreldagi Nizom va shu kabi
boshqa qonunosti hujjatlarni aytishimiz mumkin.
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy
yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish
tartibi to'g‘risidagi nizomga qisqacha izoh berib o‘tadigan bo‘lsak.
Mazkur
Nizom
O'zbekiston
Respublikasining
“O'zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to'g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati
to'g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to'g‘risida”gi qonunlari va O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ–2344-sonli “Tijorat
banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarida
aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash
uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizomda tijorat banklarining aktivlar holatiga sifat jihatdan baho
berishda va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish
hamda ushbu zaxiralardan foydalanishda qo‘llaniladi.
Ushbu nizomga asosan tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari
sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
Hisobotlarning haqqoniy bo'lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari
vaaksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni
chalg‘itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo'lmagan,
nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan
muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy
bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank
talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan
bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos
bo'ladi.
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish
foizidan ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish
jarayonining bo'shligini bildiruvchi ko'rsatkich hisoblanadi
11
.
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g‘risidagi
nizomga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Mazkur Nizom "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g‘risida"
va "Banklar va bank faoliyati to'g‘risida"gi Qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan
bo'lib, u tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilab
beradi.
11
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-yilda tasdiqlangan 2696-sonli“ Aktivlarni
sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va
undan foydalanish to‘g‘risida” gi Nizomi.
Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan
farq qiladi. Mazkur bo'lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat'i nazar
kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo'lgan umumiy masalalar ro'yxatini belgilab
beradi.Bunda kredit siyosatining yo'nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi
va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o'rtasidagi nisbat, moliyaviy
axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning
qaytarilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo'ladi:
uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini
ta'minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat
va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish,
hududning kreditlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish.Kreditlashning strategik
yo'nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi
12
.
Yuqoridagi qonunchilik bazasi orqali banklar kredit portfelini tashkil
qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishlari kerak:
-
kredit risklari darajasini inobatga olgan holda kreditlarning sifatini
baxolash me'zonlarini tanlash;
-
ular asosida kreditning sifatini baxolash usullarini ishlab chiqish,
ssudalarning asosiy guruhlarini, ularning foiz stavkalar asosida baholash;
-
kredit xatarini prognoz qilish maqsadida qarz oluvchining kreditga
layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvoli o'zgarishi ehtimolini aniqlash;
-
kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligini va
daromadliligini ta'minlash;
-
har bir kredit guruhi bo'yicha risk foizi darajasini aniqlash;
-
har bir kredit va bank bo'yicha kredit riskining absolyut summasini
aniqlash;
-
tegishli ma'lumotlar asosida kreditlar bo'yicha zararlarni qoplash
uchun yetarli rezerv summasini ajratish;
12
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-fevralda tasdiqlangan “ Tijorat banklari kredit
siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi Nizomi.
-
koeffitsientlar bo'yicha kredit portfelining sifatiga baho berish;
-
kredit portfelining tarkibini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish zarur.
Kredit portfelini boshqarish bank tomonidan kredit portfeli tarkibi va uning
sifat tarkibi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirishni taqozo etadi, ya'ni bank
doimiy ravishda kredit portfelini monitoring qilib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |