Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
3.2. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish 
yo‘nalishlari 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini 
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo'yicha 
Dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni 
egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini 
ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha 
maqsadli loyihalar o'z ifodasini topgan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan 
berilayotgan kreditlarning ahamiyati nihoyat yuqoriligini inobatga olgan holda, 
ushbu ajratilayotgan kreditlarning samaradorligini baholash va qaytishini 
ta'minlash tijorat banklari zimmasiga zarur vazifalarni yuklashga olib kelmoqda. 
Ma'lumki, hozirgi sharoitda tijorat banki tomonidan berilgan asosiy qarz summasi 
va hisoblangan foizlarni o'z vaqtida qaytirishini kafolatlash uchun uzluksiz 
amaliyotni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi xarakterliki, 
kreditni sifat jihatidan butun kredit operatsiyasi vaqti mobaynida kamdan kam 


hollarda o'zgarmasdan qoladi. Mijozning moliyaviy imkoniyatlari iqtisodiyotning 
holati, garov bahosi xilma-xil omillar ta'sirida doimiy ravishda o'zgarib turadi va 
tabiiyki, kreditning sifatiga ta'sir qiladi. Berilgan kreditlar ustidan amalga 
oshiriladigan nazorat jarayoni bizning fikrimizga quyidagi ikki asosiy yo'nalishni 
o'z ichiga olishi kerak: 
1. 
Operativ ma'lumotlar asosida va ta'sir qiluvchi omillar ustidan 
monitoringni kuchaytirish; 
2. 
Kredit operatsiyalarini hamda kredit portfelini kredit siyosatidan kelib 
chiqqan holda to'liq va mukammal tahlil qilish ustidan monitoring kuchaytirish. 
Bank kredit risklarini boshqarish usullarini sxema shaklida aks ettiradigan bo'lsak, 
u quyidagi ko'rinishda bo'ladi. 
Banklar faoliyatida muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi juda ham 
murakkab tizim bo'lib, uning amal qilishiga eng jiddiy ta'sir qiladigan omillardan 
biri inson omili hisoblanadi. Chunki bunday kredit uchun mas'ul bo'lgan kredit 
xodimi aynan u shug'ullanayotgan ssuda bilan muammolar yuzaga kelganida e'lon 
qilmaydi. Tajriba shuni ko'rsatadiki,ko'pincha xodimlar yashirayotgan muammoli 
ssudalar hatto, ular o'ylaganlaridan ham yomonroq halatni keltirib chiqaradi. 
Quyidagi jadvalda tijorat banklarimizning kredit portfeli sifatini yaxshilash uchun 
risklarni boshqarish va risk ehtimolini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan 
yechimlar tasvirlangan. Ushbu tavsiyaalr tijorat banklari tomonidan qo‘llanilsa 
kredit portfelida muammolarni oldini olgan bo‘ladi.
Banklar tomonidan kredit berish jarayonida vujudga kelgan risklarni 
boshqarish va ularni oldini olish maqsadida limit tizimi ishlab chiqilgan. Bu limit 
bankning har bir bo'linmasiga bir mijoz uchun ajratiladigan kredit limiti, yirik 
kreditlar uchun limit, kredit muddati bo'yicha limit, barcha ajratiladigan 
kreditlarning maksimal miqdori bo'yicha limitlar sifatida belgilanadi. Bundan 
tashqari kredit riski diversifikatsiyasini hisobga olgan holda ham limitlar belgilash 
maqsadga muvofiqdir. 



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin