Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
 
 
 


III. TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINI BOSHQARISHNI 
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI 
3.1. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuzaga kelayotgan 
muammolar 
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi 
avvalambor, unda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan chambarchas 
bog‘liq. Bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy sohadagi 
ustuvor vazifalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamiz bank 
faoliyati, tijorat banklari rivojlanishi, ularning erkinlashuvi juda murakkab 
muhitda, ya'ni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy raqobat muhitida shakllanmoqda. 
Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo 
raqobatning 
kuchayishi 
va 
uning 
takomillashuvi 
zaruriyatga 
aylanib 
bormoqda.Bank faoliyatida raqobatning xarakteri bozor xarakteri bilan belgilanadi. 
Kuchli raqobat sharoitida banklarning samarali faoliyat olib borishlari uchun 
kuchli kredit siyosatiga zarurat tug‘iladi. Bugun iqtisodiy jarayonlar respublikamiz 
tijorat banklarida yetarli resurs mablag‘lar bo'lishini, mavjud mablag‘larni eng kam 
risk asosida joylashtirib, yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo'lishni ko'zda 
tutadi.Yuqori daromad olish esa, o'z navbatida, banklar olib boradigan 
operatsiyalarning risklilik darajasini oshiradi, chunki banklar asosan chetdan jalb 
qilingan resurslar bilan ishlaydilar. Ular bir tomondan, o'z aktsiyadorlari oldida 
javobgar bo'lsalar, ikkinchi tomondan, o'z mablag‘larini ishonib topshirgan va 
bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. 
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to'la-to'kis olib borish ular 
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tashkil etilganligiga bog‘liq. Har bir 
bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy vaboshqa jihatlarni hisobga olgan holda, o'z kredit 
siyosatini shakllantirishi bank kreditlashining muhim jihati hisoblanadi. Bu 
kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi. 
Oqilona kredit siyosati bank kredit portfeli sifatining oshishishga olib keladi. 
Tegishli ravishda, kredit siyosatining maqsadi, huquqiy tartibga solish diapozoni, 
mablag‘ olish imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli balansi, 


muddatlar bo'yicha majburiyatlar va aktivlar tuzilmasini hisobga olish kerak. 
Shuningdek, kredit siyosatini ishlab chiqishda asosiy tamoyillarga alohida e'tibor 
qaratish lozim. 
Tijorat bankining optimal kredit siyosatini xarajatlarni qoplashga imkon 
beruvchi va ma'lum darajada foyda keltiruvchi siyosat sifatida tavsiflash mumkin. 
Tijorat banklari kredit siyosatini to'g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi, chunki kredit operatsiyalari bank operatsiyalari ichida asosiy o'rinni 
egallaydi. Shundan kelib chiqib, bank daromadining asosiy qismini bank kredit 
operatsiyalaridan keladigan daromad tashkil etadi. Bank kredit siyosatini to'g‘ri 
tashkil etish, kredit riskini kamaytirishga xizmat qiladi. O'z navbatida esa, bank 
kredit portfelini boshqarish tartibi bank kredit siyosati orqali belgilanadi. 
Hozirgi davrda tijorat banki kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari 
sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin: 
• 
kredit riski darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni 
baholash; 
• 
ssudalarni risk guruhlari bo'yicha tasniflash; 
• 
kredit portfelini kredit risklari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi 
bo'yicha
optimallashtirish; 
• 
qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy 
ahvolining, kredit riskini prognoz qilish maqsadida o'zgarishi ehtimolini aniqlash; 
• 
muammoli ssudalarni oldindan aniqlash; 
• 
yaratilayotgan zahiraning yetarliligini baholash va uni o'z vaqtida 
to'g‘rilab borish; 
• 
kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va 
daromadliligini ta'minlash; 
• 
bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining 
sifati tahliliga asoslangan holda to'g‘rilab borish
31

31
Tuxtabaev U.A. Muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo'llari: Iqtisod fanlari nomzodi ... Dis.avtoreferati.-
T.: BMA, 2007.- 20b. 


Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuqoridagi tamoyillarga amal 
qilish, bankning kredit faoliyati samaradorligini oshiradi, o'z navbatida, bankning 
ko'radigan foydasi ham oshadi. Kuchli raqobatchilik muhitida bank kredit 
siyosatida kredit menejmentiga alohida e'tibor berish muhimdir, bu bankka bozor 
sharoitida samarali faoliyati yurgizishi uchun zarur. 
Ma'lumki, tijorat banklari faoliyatida olinadigan foydaning 80-85 foizgacha 
bo'lgan qismi uning kredit operatsiyalariga to'g‘ri keladi. Shu sababli ham, har 
qanday bank o'zining aniq va yo'naltirilgan kredit siyosatiga, kredit portfelini 
samarali boshqarish mexanizmiga ega bo'lishi shart. Bu esa bank tomonidan 
beriladigan kreditlarning o'z vaqtida to'liq so'ndirilishi va bank foydasining 
kafolatidir. 
Hozirgi vaqtda bank kredit portfelini boshqarishdagi muammolar asosan 
bozor munosabatlariga o'tish sharoitidagi iqtisodiyotning ahvoli bilan bog‘liq 
bo'lgan muammolar hisoblanadi. 
Jumladan: 
• 
kredit risklarini yuzaga keltiruvchi omillar eng avvalo bank tomonidan 
anik kredit siyosatining ishlab chikilmaganligi; 
• 
kredit siyosatining keragidan ortiq agresiv tashkil qilinganligi 
(kreditlarning aktivlardagi ulushi 65 % dan ortiq bo'lganda); 
• 
tarmoqlar va operatsiyalar bo'yicha diversifikatsiyaning to'g‘ri tashkil 
qilinmaganligi; 
• 
blankli (ishonch asosidagi) kreditlarning kredit portfelidagi ulushining 
ko'pligi; 
• 
insayderlar bilan shartnomalar hajmining ko'pligi; 
• 
bank mutaxasislarining yuridik jihatdan yetarli tajribaga ega 
bo'lmaganliklari; 
• 
olinayotgan garovlarning to'g‘ri tanlanmasligi. Bu bo'yicha ham yurist 
xulosasini olish o'ta muhimdir. Bugungi kunda kredit faqat garov yoki kafolat xati 
asosida berish mumkin lekin garovni realizatsiya qilish bo'yicha yetarli mexanizm 
yo'qligi bu narsaning yanada riskini oshiradi; 


• 
kredit talabi bilan kelgan mijozlar haqida ma'lumotlarning yo'qligi 
yoki ularni yig‘ishning qiyinchiliklari ham mavjuddir;
• 
kredit olgan mijoz korxonalarda (ayniqsa ilgaridan faoliyat ko'rsatib 
keluvchi korxonalarda ) rahbarlarning tez tez almashib turishi ham o'ziga yarasha 
riskli holatlarni yuzaga keltirmokda; 
• 
bundan tashqari kredit portfelining katta qismini bir tarmoqqa tegishli 
mijozlar tomonidan egallab olishi holatlari; 
• 
moliyaviy hujjatlar tahliliga yuzaki yondashish; 
• 
mijoz talab qilgan mablag‘ning to'liq asoslanganligini aniqlashda 
qo'yilgan xatoliklar; 
• 
ilgaridan tajribasi bo'lmagan faoliyatni boshlagan mijozlarga kredit 
berish; 
• 
yangi tashkil etilgan mijozlarning kredit portfelidagi ulushi; 
• 
ta'minotlarning yetarli bo'lmasligi (garov bahosining asossiz ravishda 
yuqori bo'lishi); 
• 
hujjatlarni tayyorlashda yo'l qo'yilgan xatoliklar (bank manfaatlarini 
yetarli himoya qilinmasligi); 
• 
berilgan kredit bo'yicha muddat aniqlashda xatoliklarga yo'l qo'yish; 
• 
qarzning so'ndirilish davrida yetarli nazoratning bo'lmasligi. 
Yuqoridagi 
bayon 
qilingan 
barcha 
muammolar 
hozirgi 
kunda 
respublikamizda mavjud bo'lgan barcha tijorat banklari uchun dolzarb, birlamchi, 
muammolar bo'lib hisoblanadi. 
Banklarning kredit faoliyatini tekshirish amalda shuni ko'rsatadiki, bankning 
ichki me'yoriy hujjatlari va ushbu me'yoriy hujjatlarda mujassam bo'lgan kreditlash 
tartibotlari muammoli kreditlar paydo bo'lishidan ularni ko'p hollarda to'liq himoya 
qila olmaydi. Mazkur me'yoriy hujjatlarga kredit bo'limining Nizomi va mansabdor 
shaxslar tomonidan qaror qabul qilinishi muvofiqlashtiruvchi yo'riqnoma 
ko'rinishidagi materiallar, vakolatlar taqsimoti, kredit berish to'g‘risidagi 
ko'rsatmalar, Kredit qo'mitasi to'g‘risida Nizom va boshqa shu kabilar kiradi. 
Ushbu me'yoriy hujjatlarni mavjudligi banklarda kredit ishini maqsadga muvofiq 


tashkil qilinishiga sharoit yaratadi hamda xodimlarning o'z vazifalariga bo'lgan 
mas'uliyatni oshiradi. 
Ma'lumki, 
ko'p 
holatlarda 
katta 
miqdordagi 
kreditlar 
bankning 
hissadorlariga, ya'ni bankka aloqador bo'lgan shaxslarga beriladi.Bunda ular 
kelishilgan xolda bir biriga kafolatlar berib, ba`zi holatlarda kredit taqdim 
etayotgan bankka xech qanday hujjatlar bermaydilar.Natijada, bunday tartibda 
taqdim etilgan kreditlar muammoli kreditlarga aylanib, ularning muddatlari bir 
necha marotaba uzaytiriladi. 
Qarz oluvchining garov majburiyatlari rasmiylashtirilishi jarayonida 
bankning mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu jarayonga yetarli darajada e'tibor 
berilmagan. Natijada shunday holatlar aniqlanganki, qarz oluvchi o'zining xususiy 
bo'lmagan dala xovlisini yer uchastkasi deb garovga qo'ygan va shunga 
qaramasdan bank tomonidan unga kredit ajratilgan. Bundan tashqari garovga 
qo'yiladigan mahsulotning sertifikati, narxi to'g‘risidagi ma`lumot hamda zarur 
bo'lgan boshqa sug‘urta hujjatlari yetishmaydi. Yoki sug‘urta hujjatlari keraklicha 
to'liq bo'lmasligi va noto'g‘ri rasmiylashtirilishi ko'p uchraydi. Ayrim holatlarda 
sug‘urta badalini qarz oluvchi tomonidan to'lamaganligi sababli sug‘urta 
shartnomasi yuridik kuchga ega bo'lmay qoladi, natijada taqdim etilgan kredit 
qaytmaslik xataridan xaqiqatda sug‘urtalanmagan bo'lib qoladi. Bu esa o'z 
navbatida bank kredit portfeli sifatining pasayishi va unda muammoli kreditlar 
salmog‘ining o'sishiga olib keladi. 
Hozirgi kunda ayrim sug‘urta kompaniyalari o'z majburiyatlari yuzasidan 
ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra o'z vaqtida javob bera olmay qolmoqda. Bu 
esa o'z navbatida bank kreditlarining qaytmaslik xatarini o'stirib yubormoqda. 
Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarga yo'l qo'yilmaslik uchun O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining ushbu boradagi yo'riqnomalari va tijorat 
banklarining kredit siyosatlari hamda kreditlash yuzasidan ichki kredit tartibotlari 
talablariga qat'iy rioya etish zarurdir. 
Bundan 
tashqari 
kredit 
portfelini 
tavakkalchiliklar 
bo'yicha 
divesifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun taqdim etilayotgan 


kreditlarni turli tarmoqlarga ajratilayotganligi, muddatlari jixatidan to'g‘ri 
shakllanganligi, 
muddatida 
qaytmayotgan 
kreditlar 
ustidan 
nazorat 
kuchaytirilganligi, muammoli kreditlarga tegishli miqdorda zaxiralar xosil 
qilinayotganligi monitoring qilinadi. Ushbu tadbirlarning barchasi tijorat banklar 
kredit portfellari sifatini yomonlashuvining oldini olish imkonini beradi. 
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kreditlash jarayonini 
takomillashtirish uchun mazkur yo'nalish bilan bog‘liq o'z faoliyatlarini amalga 
oshirishda o'z kredit portfellarini iloji boricha ko'proq chuqur tahlil kilib borishlari 
lozim. 
Bizga ma'lumki, mijozlar tomonidan kreditni qaytarish istiqbolini aniq 
baholash va yo'qotishlar miqdorini kamaytirish maqsadida muqobil xarakatlar 
dasturini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Kreditlarni qaytarishdagi muammolarni o'z 
vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko'rish natijasida muammoli kreditlarning 
ma'lum qismini bank uchun zararga aylanishiga chek qo'yish mumkin. 
Ayni vaqtda bir qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida vaziyat shunday 
shakllanishi mumkinki, bunda ko'rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, 
faqat kreditni undirish strategiyasini ishlab chiqish mumkin emas. Kreditlarni 
berish shartlarini turlicha ekanligi va muammoli ssudalarning yuzaga kelishidagi 
sharoitlarning bir xilda emasligi har bir muammoli ssudaga individual 
yondashuvini talab qiladi, ammo shunga qaramasdan muammoli kreditlarni 
undirish yuzasidan umumiy tizim ishlab chiqilishi lozim. Shunisi xarakterliki, 
kreditni undirish strategiyasini mijoz ahvolini oldindan tahlil qilmasdan turib, 
aniqlash mumkin emas. 
Shu boisdan mijozning moliyaviy ahvolini baholash va vaziyatini kelgusida 
rivojlanish prognozini ishlab chiqish zarur. 
Shuningdek, garovni joriy qiymatini belgilab va sotilishi mum-kin bo'lgan 
alohida aktivlarning joriy qiymatini belgilab olish mumkin. Kreditlarni undirish 
ehtimolini quyidagi holatlarda taqqoslash maqsadga muvofiqdir: 
1. 
Kreditlashning qo'shimcha hajmlarini berish; 
2. 
Mavjud qarzni undirilishini zudlik bilan talab qilish; 


3. 
Qarzni restrukturizatsiya qilish; 
4. 
Foizlarni to'lash muddatini uzaytirishga ruxsat berish. 
Bank muammoli kreditlarni undirish strategiyasini ishlab chiqish uchun 
avval mijoz to'g‘risida yetarli darajada ma'lumotlar to'planishi zarur.Buning uchun 
esa mijozning joriy ahvolini qo'shimcha tarzda mukammal tahlil qilish 
lozim.Tahlilni amalga oshirish uchun bank yetarli darajada ichki resurslarga ega 
bo'lishi kerak.Ayrim tijorat banklari o'zlarining ixtisoslashtirilgan bo'limlarini 
tashkil qiladilar, ko'pchilik tijorat banklari esa xolis auditorlik firmalarini maxsus 
tahlilini amalga oshirish uchun jalb etadilar.Zarur ma'lumotlarni yig‘ish uchun 
bank xodimlari, ya'ni auditorlarning mijoz bilan uzviy aloqada bo'lishi zarurdir
32

Kredit shartnomalarini tuzilish oqibatlari, hujjatlarda aniq aks ettirilgan 
bo'lishi shart.Bunday oqibatlar odatda bank tomonidan qarzni undirish to'g‘risidagi 
talabni qo'yilishini anglatadi. 
Bank har bir konkret vaziyatda qarzni talab qilishi huquqidan foydalanishini 
maqsadga muvofik ekanligini anglab olishi kerak.Agarda qarzni zudlik bilan 
undirish maqsadga muvofiq bo'lmasa, unda kreditni restrukturizatsiya qilish 
shartlari aniqlab olinishi lozim.Rivojlangan xorijiy davlatlarda mijoz bir vaqtning 
o'zida bir necha bankdan kredit olish huquqiga egadir. Shu sababli bank o'z 
mijozini boshqa banklardan olgan barcha kreditlari va ularni shartlari to'g‘risidagi 
ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Shuningdek ushbu mijozning har bir kreditlarini 
ustun jihatlari to'g‘risida ma'lumotga ega bo'lishi lozim. 
Bank muammoli kreditni undirish uchun ixtiyorida qancha vaqt qolganligini 
aniq bilishi va u kreditni undirish yuzasidan ko'rayotgan chora-tadbirlarni qarzni 
qaytarish imkoniyatlariga salbiy ta'sir qilmasligiga ishonishi lozim. Kreditni 
qoplashni to'lovga noqobil qarzdorlariga nisbatan (qo'llaniladigan tadbirlar 
doirasida yoki bu doiralardan tashqarida amalga oshirilishi mumkin, birinchi 
holatda huquqiy tadbirlar qo'llaniladi. Ikkinchi holatda esa qarzdor korxonani qayta 
tashkil etish va kreditorning qarzini restrukturizatsiya qilish talab qilinadi: 
32
Tuxtabaev U.A. Muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo'llari: Iqtisod fanlari nomzodi ... Dis.avtoreferati.-
T.: BMA, 2007.- 20b. 



qarzdorlarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to'lovning 
dastlabki shartlari o'zgargan kreditlar. Agar bank tomonidan quyidagi amallarning 
hech bo'lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi; 

foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning undirib 
olinmasligi; 

jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechishi; 

kreditni to'lash muddatini kechiktirilishi yoki uzaytirilishi; 

foizlarga doir to'lovlarnning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz 
kechish; 

oddiy sharoitlarda qarzdorlarga berilmay, balki kreditni res-
strukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo'lgan yoki yon 
berishlar. 
Ko'pchilik hollarda tijorat bankini, mijozning faoliyati yangi investorlarini 
jalb qilish va ushbu korxonani yanada rivojlantirish maqsadida saqlab qoladigan 
bo'lsa, muammoli kreditni undirish imkoniyati yuqori bo'ladi. 
Bunday holatda bank ushbu korxonaga o'zini tiklab olish uchun ajratilgan 
oraliq davrida moliyaviy yordam berishi kerak.Operatsiyalarda ishtirok etayotgan 
kreditlarning har birining manfaatlarini hisobga olish zarur. 
Korxonani qayta tashkil etish muammoli kreditlarni undirish strategiyasining 
keng 
tarqalgan 
usullaridan 
biri 
hisoblanadi.Bunda 
mijoz 
faoliyatini 
mo'tadillashtirish maqsadida moliyalashtirish amalga oshiriladi.Odatda bunday 
hollarda tijorat banklari berilgan kreditlarni muddatini uzaytirishga, foizlarni 
to'lash muddatini kechikti-rishga rozi bo'ladi. 
Ayrim tijorat banklari hatto mijozning moliyaviy holatini yaxshilash 
maqsadida unga qo'shimcha pul mablag‘i beradi.Ayrim hollarda, masalan mijoz 
yaqin kelajakda qarzni qaytarish qobiliyatiga ega bo'lmasa, qarz summasining 
ma'lum qismi korxonaning oddiy operatsiyalari aylantiriladi.Ana shunday yo'l 
bilan bank va-killarini korxona boshqaruv organlariga kiritish ta'minlanadi. Bank 
bergan kreditlarni nazorat qilib turish zarur va bu zarurat berilgan kreditni o'z 
vaqtida qaytarilishini, kelishilgan shartlarni to'g‘ri bajarilishini va bu kreditlarning 


oxir-oqibatda muammoli kreditlar qatoriga qo'shilib ketmasligini ma'qullashga 
qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda paydo bo'ladigan muammolarni o'z vaqtida 
aniqlash va ularga qarshi choralar ko'rishdir. Bundan kelib chiqadigan maqsad 
shundan iboratki, berilgan kreditlar bo'yicha muammolar paydo bo'layotganini 
oldindan aniqlasa, bank mijoz bilan maslahatlashgan holda, uzoq kelayotgan 
muammoni oldini olishi mumkin. 
Banklar eng avvalo bergan kreditlarini foizlari bilan hech qanday 
muammosiz va oshiqcha sarf-xarajatsiz ishlatib foyda olishni hoxlaydilar. Berilgan 
kreditlar ustidan keyingi nazorat bank rahbariyati uchun nafaqat qarzdor ustidan 
nazorat qilishdir, balki kredit bo'limi mutaxassislarining bankning kredit siyosatiga 
qay darajada rioya qilayotganligini nazorati hamdir. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin