Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA 
“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida banklarning kredit portfelini 
boshqarish va uni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi 
yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi: 

tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni mohiyati hamda 
kredit portfelini boshqarishda qanday mezonlardan foydalanish va qonunchilik 
mexanizmi keltirib o‘tilgan; 

kredit portfelini sifat jihatdan boshqarish va mijozlarning reytingini 
baholash kabi nazariy ma’lumotlar hamda xorij tajribasida ushbu jarayon qanday 
amalga oshirilishi yoritilgan.Muammoli kreditlarni bartaraf etish yo'llari turli 
mamlakatlarda ularning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bizda muammoli 
kreditlarni bartaraf etishnig bir qancha yo'llari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy 
etilgan. Xorij amaliyotidan ham foydalanilgan. Lekin xorij tajribasi har doim ham 
ideal bo'lavermasligini bugun jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozning o'zi 
isbotlab turibdi. Shuni hisobga olib, banklarimiz mahalliy bozor xususiyatlarini, 
fuqarolar saviyasini va boshqa qator xususiyatlarni hisobga olgan holda tijorat 
banklarining muammoli kreditlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishlari 
lozim; 

respublikamiz tijorat banklarida kredit ajratish jarayoni yaxshi tashkil 
qilingan, ammo kredit portfeli diversifikatsiyasiga yetarli darajada e’tibor 
qaratilmagan va kreditlar bir tarmoqga yig‘ilib qolgan. Respublika miqyosida 
kredit sanoat va boshqa yirik tarmoqlarda to‘planib qolgan. Bu albatta, juda yomon 
holat emas, ammo ushbu tarmoqlarda pasayish holati kuzatilsa, bu tijorat 
banklariga ham salbiy ta’sir qiladi. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, kredit 
portfeli tarkibida muammoli kreditlarning oshib ketishi muomaladan pul 
mablag‘larining rezervga to‘planib qolishiga olib keladi. 

Biz tahlil qilgan tijorat bankida ham kredit portfeli tarkibida bir 
tarmoqga yo‘naltirilgan kreditlar miqdori yuqori. Mazkur tijorat bankida kredit 
portfeli diversifikatsiyasiyetarli darajada tashkil qilinsa, bank faoliyatida 


muammolar bo‘lmaydi va kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlar miqdori 
kamayadi; 

kredit portfelini boshqarishda xorij tajribasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Chunki rivojlangan mamlakatlarning bank tizimi o‘ziga xos hisoblanadi. 
Shuni inobatga olgan holda bizning bank faoliyatiga xorij tajribasini qo‘llashdan 
oldin mamlakatimiz bank tizimi va xorij mamlakatlari bank tizimini o‘xshash 
jihatlarini o‘rganib chiqish masqadga muvofiq jarayon bo‘ladi. Chunki xorij 
tajribasini to‘laligicha qo‘llash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida 
o‘rganilgan; 

xorij banklarini faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular turli 
xildagi aktiv opertasiyalarni amalga oshiradi. Bizda esa tubdan farq qiladi. Farqi 
shundaki, banklarimizning asosiy aktiv operatsiyasi – bu kredit operatsiyasi 
hisoblanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, banklarning aktivlari tarkibida 
mijozlarga ajratilgan kreditlar hajmi 60 %ga yaqin tashkil qilmoqda. 
Banklarimizning asosiy daromad keltiradigan faoliyati kredit bo‘lib qolmoqda. Bu 
degani banklar faqat kreditga bog‘lanib qolganini isbotlab turibdi. Banklar uchun 
kredit hajmining oshishi unchalik yomon holat emas, lekin kredit portfelini 
diversifikatsiyasi yetarli darajada tashkil qilinmagan. Bu albatta, ichki va tashqi 
omillar natijasida hamda bizning bank tizimimiz hali juda yosh ekanligidadir. 
Kelajakda banklarimiz, albatta, jahon banklari bilan raqobatlasha oladigan yetakchi 
tashkilot sifatida e’tirof etiladi. 
Qilingan xulosalar asosida bitiruv malakaviy ish obyekti va predmeti 
bo‘yicha quyidagi takliflar berildi: 
1. 
Tijorat banklarining kredit portfelini, birinchi navbatda mijozlarning 
tarmoq xususiyatiga ko'ra diversifikatsiyalashning lozimligi asoslab berildi. 
2. 
Respublikamizning 
barcha 
banklarida 
kreditlash 
shakllaridan 
to'laqonli tarzda foydalanishni yo'lga qo'yish lozim. 
3. 
Mamlakatimizning yirik tijorat banklaning yirik kreditlar berish 
imkoniyatini oshirish lozimligi asoslab berildi. 


4. 
Tijorat bankining ta'minlanmagan, ya'ni ishonchli kreditlari miqdorini 
oshirish lozim. Hozirgi kunda garovli kreditlar berish banklarning kredit 
siyosatidagi ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Garovli kreditlar berish xalqaro bank 
amaliyotida qoloq, eskirgan usul hisoblanadi. Chunki garovli baholash, 
rasmiylashtirish, saqlash sezilarli miqdordagi xarajatlarni va ortiqcha tashvishni 
yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, bank kreditlarining foiz stavkalarini pastroq 
darajada belgilashga asos bo'ladi. 
5. 
Balans 
shaffofligini 
ta'minlash 
maqsadida 
muddati 
o'tgan 
kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ini kamaytirib borish kerak. 
Xalqaro bank amaliyotida ushbu ko'rsatkichning yo'l qo'yish mumkin bo'lgan 
chegaraviy darajasi 5 foizni tashkil etadi. Shuning uchun ham Germaniya va 
Frantsiyaning yirik tijorat banklarida muddati o'tgan kreditlarning brutto kreditlar 
hajmidagi salmog‘i 5 foizga yetishi bilan, ularning 2,5-3 foizi bankning balansidan 
chiqariladi. 
O‘ylaymizki, bu takliflar tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni yo‘lga 
qo‘yish va takomillashtirishda hamda kredit portfeli tarkibidagi muammoli 
kreditlarni kamaytirish va oldini olishga xizmat qiladi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin