Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   466
TATU Falsafa

13
 
foydalanish har qanday urushning oldini olish, tabiatni muhofaza etish, 
ocharchilikning oldini olish, insoniyatni, uning madaniyatini saqlab qolish, jamiyat 
taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish va shu kabi masalalar ham falsafaning dolzarb 
muammolari hisoblanadi. 
Falsafa doirasidagi masalalar hayotdan ajralgan mavhum masalalar emas, balki 
ular inson va uning hayotidan kelib chiqadigan dolzarb, umuminsoniy xususiyatga ega 
muammolardir. Gegel ta’biri bilan aytganda, falsafa — inson tafakkurida aks etgan 
davrdir. Falsafa fani vujudga kelgandan boshlab to hozirgi kungacha ham hayot 
yuzaga keltirgan turli-tuman masalalar, insonni avvaldan qiziqtirib kelayotgan 
muammolar doimo uning diqqat markazidadir. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, falsafa fanining predmeti, 
muammolari doimo o’zgarib, yangilanib turadi. 
Falsafaning vazifasi xilma-xil bo’lib, uning eng muhim xususiyati — 
kishilarda olam haqida bir butun dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgandir. 
Shuningdek, falsafa aniq fanlar vakillarini ilmiy bilishning asosiy shakllari, uslublari 
va tamoyillari bilan qurollantiradi. 
Falsafa gnoseologik vazifani ham bajaradi, ya’ni tevarak-atrofdagi narsa va 
hodisalarni bilishning qonuniyatlarini, bilish jarayonida ob’ekt va sub’ekt 
dialektikasini atroflicha ochib beradi. 
Falsafa shaxsning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantiradi. Shfu bilan 
birga u shaxsda jamiyat oldidagi ijtimoiy ma’suliyat hissini uyg’otadi. 
Ma’naviy qadriyatlarning ajralmas qismini tashkil etuvchi falsafa fani, o’z 
navbatida madaniyat, qadriyatlarining mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat 
taraqqiyotidagi o’rni, shuningdek, ma’naviy yetuk komil insonlarni tarbiyalashdagi 
ahamiyatini atroflicha asoslab beradi. Bu uning tarbiyaviy vazifasini yanada 
kuchaytiradi. 
1.2. Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari 
 
Falsafa insonning tafakkur madaniyatini, dunyoqarashini shakllantiruvchi fan. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin