Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   466
TATU Falsafa

175
 
hodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday 
o’zgarishlar natijasida eskining o’rnida yangisi paydo bo’ladi, quyidan yuqoriga, 
oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi. Shuning uchun «harakat» tushunchasi, 
«rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi. 
Harakat materiyaning ichki mohiyatidan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon, 
u ikki turda namoyon bo’ladi. 1.Narsalarning mavjud sifatini saqlab qolish asosida 
ro’y beradigan o’zgarishlar; 2.Narsalarning mavjud sifatining yemirilishi asosida 
sodir bo’ladigan o’zgarishlar. 
Harakat turli-tuman ko’rinishlarda bo’ladi. Ilgari harakatning asosiy 
shakllariga: a) mexanik harakat; b) fizik harakat; v) kimyoviy harakat; g) biologik 
harakat; d) ijtimoiy harakat kiradi, deb hisoblanardi. 
Hozirgi zamon fani mikrojismlarning oddiy mexanik harakati, harakatning 
boshlang’ich shakli emasligini ko’rsatib berdi. U mikrozarralar harakatiga nisbatan 
«yuqoriroq» turadi. Mikrozarralar harakati esa mikrojismlar harakatining asosini 
tashkil qiladi. Mikrozarralar harakatining asosida esa yanada chuqurroq jarayonlar 
yotadi. Mikrozarralar harakati kvant mexanikasi qonunlariga bo’ysunadi. 
Mikrozarralar harakati uzunligi, massaning kattaligi va massa harakatining 
tezligiga bog’liq bo’lgan to’lqin bilan bog’liqdir.
«Elementar» zarralar va maydonlar darajasidagi harakatning o’ziga xos 
xususiyatlari farqlaridan biri elektromagnit harakat shaklidir. Uning moddiy asosi 
elektromagnit maydon va uning zarrasi fotonlardir. Elektromagnit maydondagi 
o’zaro ta’sirning tarqalishi to’lqin qonunlariga va yorug’lik tezligi doimiyligi 
qonuniga bo’ysunadi. Fotonlar elektromagnit maydon kvantlari bo’lib doimiy 
birlikda bo’lgan harakatdagina mavjuddirlar. Bu harakat materiyaning mavjudlik 
shaklidir degan falsafiy qoidani to’la tasdiqlaydi. 
Elektromagnit maydondan tashqari yana fizik maydonlar ham mavjud. 
Ularning hammasiga harakatning alohida shakli muvofiq keladi. Yadro harakati 
elementar zarralar va maydonlar harakatiga nisbatan ancha murakkabdir. 
Harakatning yadro shakli nuklonlarning (proton va neytronlar) harakati asosida 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin