Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   466
TATU Falsafa

174
 
moddiy sistemalarning ichki o’zgarishlari asosida muayyan ishni amalga 
oshirishga qobiliyati borligini ifodalaydi. Energiya materiyadan ayrim holda 
mavjud bo’lmaydi va hamisha moddiy jismlarning boshqa xossalari bilan 
birgalikda yuzaga chiqadi. 
Metafizik materializm harakatning faqat mexanik shakli, ya’ni oddiy 
ko’chish, makonda almashishni tan olib materiyaga tashqi turtkining berilishi 
bilan olam harakatga keladi deb, harakatni materiyadan ajratib qo’yadi. 
Shuningdek, ular tabiat va jamiyatni bir-biridan ajratib, tabiat qonunlari bilan 
jamiyat qonunlari orasidagi umumiy bog’lanishni ko’ra olmaganlar, mexanika 
qonunlarini hamma sohaning rivojlanish qonuni deb bilganlar. 
Ilmiy falsafa ta’limotiga ko’ra, harakatning falsafiy ma’nosi shuki, u 
materiyaning borliq shaklidir. Materiya harakati qanday shaklda bo’lmasin, u 
ob’ektiv ravishda materiyadan ajralmagan holda sodir bo’ladi. Materiyaning 
mavjudlik shakli bo’lgani uchun harakatning ob’ektiv real bo’lish xususiyati 
materiyaning ham xususiyati hisoblanadi. 
Harakat ham materiya kabi ob’ektiv-reallikdir. Materiya o’ziga xos ichki 
qarama-qarshiliklarga ko’ra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiya harakati hech 
qanday tashqi turtkiga, g’ayritabiiy kuchga muhtoj emas. Materiya harakati va 
taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir. 
Harakatning falsafiy mazmunini materiya harakati shakllari to’g’risidagi 
tabiiy, ilmiy tasavvurlar bilan aralashtirmaslik zarur.
Ilmiy falsafa nuqtai-nazaridan harakat materiyaning eng muhim atributi - 
mavjudlik usuli. U tabiat va jamiyatda yuz beradigan hamma jarayonlarni o’z 
ichiga qamrab oladi. Eng umumiy tarzda harakat — umuman o’zgarishdan, 
moddiy ob’ektlarning har qanday o’zaro ta’siridan iborat. 
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan adashtirmaslik kerak. Harakat real 
voqeliqda ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Rivojlanish 
deganda esa jadal sur’atlar bilan ilgarilab boruvchi o’zgarishlar tushuniladi. 
Rivojlanish sifat o’zgarishlarining natijasi bo’lib, u o’zgarish narsa va 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin