177 o’zgargan shakllarini o’z ichiga oladi.
Harakat shakllarining o’zaro munosabatini o’rganganda yuqori shakllarni
quyi shakllardan ajratib qo’yishdan ham, tartibsiz ravishda yuqori shakllarni quyi
shakllardan iborat qilib qo’yishdan ham saqlanish muhimdir.
Yuqori shakllarni quyi shakllardan ajratib qo’yganda ularning kelib
chiqishini izohlab bo’lmaydi. Masalan, biologiyada bunday ajratib qo’yish
vitalizmga – idealistik qarashlarga olib keladi. U hayotiy faoliyatining hamma
jarayonlarini go’yo tirik organizmlarda jo qilingan alohida nomoddiy faktorlarga –
“entelexiya”, “yaratuvchi kuch”, va shu kabilar amaliyotiga bog’lab izohlaydi.
Vitalizmning bosh manbalari Platonning go’yo hayvonlar va o’simliklar olamiga
jon bag’ishlaydigan – jon haqidagi ta’limotiga hamda Aristotelning entelexiya
haqidagi ta’limotiga borib taqaladi. XVII-XVIII asrlarda tarkib topgan
vitalizmning namoyondalari G.Shtal, P.Bertalanfi, A.Ventsel va boshqalar tirik
tabiatning sifat jihatidan o’ziga xosligini dalil qilib ko’rsatib, hayotiy faoliyat
jarayonlarini moddiy fizikaviy-kimyoviy va biologik qonuniyatlardan ajratib
qo’yadi. Jonli tabiatni jonsiz tabiatga haddan tashqari qarama-qarshi qilib qo’yish,
vitalizmni jonli narsaning jonsiz narsadan paydo bo’lishi mumkinligini inkor
qilishga olib keladi. Masala bu tahlitda qo’yilganda hayotning ilohiy kelib chiqishi
yoki uning abadiy mavjudligini tan olish qoladi. Hozirgi zamon fani hayotning
tarixan paydo bo’lish qonunlarini va uning jarayonlarini harakatning fizikaviy-
kimyoviy shakllariga bog’liq ekanligini ochib berib, vitalizmga zarba berdi.
Harakatning yuqori shakllarini quyi shakllaridan sifat jihatidan farq qilishini
e’tiborga olmaslik mexanitsizmga olib keladi. U tabiat va jamiyat taraqqiyotini,
ya’ni harakatning yuqori shakllarini materiya harakatining quyi shakli bo’lgan
mexanik shakli qonunlari bilan izohlaydi. Hozirgi kunda mexanitsizmning
ko’rinishlarini ba’zilar tomonidan tafakkurni kibernetik mashinalarda sodir
bo’ladigan axborot jarayonlari bilan birdek qilib ko’rsatishga urinishlarida
kuzatishimiz mumkin.
Oliy materiya harakat shakllari nisbatan quyi shakllar asosida tarixan paydo