Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   466
TATU Falsafa

179
 
materiyasiz harakat bo’lishi mumkin emasligini hozirgi tibbiyot va ijtimoiy fanlar 
ham isbotlaydi. 
 
4.4. Borliqning fazo va vaqtda mavjudligi. 
 
Materiya cheksiz ravishda sodir bo’lib turadigan harakat, o’sish, o’zgarish 
va taraqqiyot hamisha fazo bilan vaqtda yuz beradi. Harakat singari fazo va vaqt 
ham materiya mavjudligining tub ob’ektiv shaklidir. Demak, harakatni 
materiyadan ajratish mumkin emas, shuningdek, fazo bilan vaqtni ham 
materiyadan ajratib bo’lmaydi. 
Harakat fazo bilan vaqtning mohiyatidir. Boshqacha aytganda, harakat fazo 
bilan vaqtning birligidir. Fazo bilan vaqt o’z tabiatining mavjudligini materiya 
harakatida ochiq-oydin ko’rsatadi. 
Fazo harakatdagi materiya mavjudligining tub ob’ektiv shaklidir. Fazo 
tushunchasi moddiy ob’ektlarning birgalikda mavjudligini va bir-biridan 
uzoqligini, ularning ko’lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi. 
Tabiatdagi hamma jismlar, jumladan, insonning o’zi ham ob’ektiv olamda sodir 
bo’ladigan hamma moddiy jarayonlar fazoda o’rin tutadilar, muayyan masofaga 
ega bo’ladilar. Olamda mavjud bo’lgan predmetlar bir-biridan sifat 
jihatidangina emas, uzunligi, kengligi, hajmi, baland-pastligi, katta-kichikligi, 
o’rin jihatidan ham farqlanadi. Ularning har biri bir-biriga nisbatan yaqin yoki 
uzoq, quyi yoki yuqori, chap yoki o’ngda joylashgan bo’ladi. Bularning hammasi 
fazo tushunchasida ifodalanadi. 
Vaqt ham materiyaning mavjudlik shakli bo’lib, moddiy jarayonlarning 
keng yoyilishi izchilligini, bu jarayonlarning turli bosqichlari, bir-biridan 
ajralganligi, ularning davom etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir 
narsa o’z o’tmishi, hoziri, kelgusiga ega. Narsa, hodisalarning ba’zi birlari 
avvalroq, boshqalari keyinroq bo’ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. 
Har bir moddiy ob’ekt vaqtda bo’lmasdan turib faqat fazoning o’zida 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin