Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   466
TATU Falsafa

180
 
bo’lishi mumkin emas. Hamma vaqt va hamma joyda har qanday jism fazoda ham, 
vaqtda ham mavjuddir. Buning ma’nosi fazo bilan vaqt bir-biri bilan uzviy 
bog’liq demakdir. 
Fazo va vaqt ham materiya kabi ob’ektiv xususiyatga ega. Idealistlar fazo va 
vaqtning ob’ektivligini inkor qiladilar. Ular fazo bilan vaqt ongda mavjud bo’lgan 
qandaydir narsadir deb isbotlashga harakat qiladilar. Chunonchi, Kant nuqtai 
nazariga ko’ra, fazo va vaqt hissiy mushohadaning qandaydir aprior (tajribagacha) 
shakllari bo’lib, ular ongimizning o’z tabiati taqozosi bilan vujudga kelgan. 
Uningcha, inson ongi bo’lmasa fazo, vaqt ham bo’lmaydi. Berkli, Max fazo va 
vaqtni sub’ektiv hissiyotlar shakli, faqat sezgilarimiz qatorining tartibga solingan 
tizimlaridir, deb hisoblaydilar.
Gegel falsafasida fazo va vaqt «mutlaq g’oyadan» tug’ilgan bo’lib, ular bu 
g’oya taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’ladi. Ammo u fazo va vaqtni 
bir-biridan ajratib qo’yadi va natijada tabiatning fazo ichida, lekin vaqtdan 
tashqarida rivojlanishi to’g’risidagi fikrni ilgari suradi. Bunday tasavvurlarning 
noto’g’riligini odamlarning butun hayotiy tajribasi, fanning taraqqiyoti tasdiqlab 
kelmoqda. Fazo va vaqtning ob’ektivligini inkor qilish, nazariy jihatdan 
chalkashlikdan, amaliy jihatdan esa fideizm oldida taslim bo’lib, ojiz qolishdan 
iboratdir. Har qanday borliqning asosiy shakllari fazo va vaqtdir. Ilmiy falsafa 
ta’limoti idealistik fikrlarga qarama-qarshi o’laroq, fazo va vaqtning ob’ektivligini, 
ya’ni insonga ham, insoniyatga ham bog’liq emasligini, ongdan tashqarida va 
mustaqil ekanligini e’tirof etib, ular o’rtasida umumiy o’xshash tomonlar hamda 
ayrim farqlar mavjudligini ta’kidlaydi: birinchidan, fazo bilan vaqtning 
ob’ektivligi, inson ongi, irodasi va g’oyalariga bog’liq emasligi, ular o’rtasidagi 
umumiylikning’ muhim tomonlaridan birini tashkil etadi. Ikkinchidan, fazo bilan 
vaqt abadiy, azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi materiyaning abadiyligidan 
kelib chiqadi. Uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz, chegarasiz va bepoyondir. 
Fazoning o’ziga xos xususiyati va vaqtdan farqi uning uch o’lchovga ega 
bo’lishidadir. Bu uch o’lchov materiya bo’yiga va balandligiga, oldiga va orqasiga 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin