209 Ziddiyatlar o‘z xususiyati jihatidan antagonistik va noantagonistik bo‘lishi
mumkin. Jamiyatda antagonistik ziddiyatlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
sinflar, tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqishi mumkin, Ammo,
antagonistik ziddiyatlar faqat sinfiy munosabatlarga xos, degan qarash noto‘g‘ri.
Tarixiy tajriba, ijtimoiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday ziddiyatlar jamiyat
hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ular faqat sinfiy negizda
emas, balki etnik, milliy, diniy, irqiy va boshqalarda vujudga kelishi mumkin.
Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy
tizilmalar, siyosiy partiya va ommaviy harakatlar o‘rtasida ham vujudga kelishi
mumkin.
Antagonistik ziddiyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ularni hal etishda
mavjud holatni buzishga olib keladigan vositalarni qo‘llashdir. Ijtimoiy hayotdagi
noantagonistik ziddiyatlarga tub manfaatlar va maqsadlari umumiy bo‘lgan
tabaqalar, ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi munosabatlar, shahar bilan qishloq, aqliy
mehnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan tafovutlar va boshqalar
misol bo‘la oladi. Ularni bartaraf qilish ham antagonistik ziddiyatlar singari kurash
asosida amalga oshiriladi, lekin bu kurash shakli, xususiyati jihatidan boshqadir.
Ziddiyatlar xilma-xil shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri
eskining yemirilib, yangining qaror topishidir, bunga misol sifatida iqtisodiyotning
eskisi
yemirilib, asta-sekinlik bilan bozor
munosabatlariga
asoslangan
iqtisodiyotning barpo etilishini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Shuningdek qarama-
qarshiliklarni o‘zaro ongli ravishda qo‘shib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borishdan iboratdir. Ziddiyatlarni bartaraf
etishning samarali shakllaridan yana biri — konsensus (o‘zaro kelishuv)dir.
Konsensus qarama-qarshi kuchlar, tomonlar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, harakatlar
o‘rtasidagi ziddiyatlarni umumiy manfaatlardan kelib, chiqib hal etish yo‘llaridan
bo‘lib hisoblanadi. U xalqlarni milliy totuvlikka, hamkorlikka da’vat etadigan yo‘ldir.
Konsensus muloqotlar, referendumlar, ommaviy axborot vositalari orqali eng
muhim qonunlar loyihasini muhokama qilish va hokazo yo‘llar bilan