Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   466
TATU Falsafa

211
 
bo‘lib, tabiiy sifatga ega. Shuning uchun u tabiiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni 
zamonda stol muayyan inson mehnatining natijasi bo‘lib, ijtimoiy sifatga ham 
ega va ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy sifatlar o‘z navbatida ikki 
guruhga: birinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy 
sifatlarga bo‘linadi. Xuddi o‘sha stol, modomiki, insonning muayyan ehtiyojini 
qondirar ekan, «aniq (amaliy) his» etiladigan narsa sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ikkinchi tomondan, stol, modomiki, qiymatga ega ekan, u tovar sifatida 
gavdalanadi. Bu o‘rinda stol «haddan tashqari his etiladigan narsa» tariqasida 
gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy sifatlarga mansubdir. Narsalar sifat 
muayyanligidan tashqari bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. 
Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan 
tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. 
Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega, bir 
ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi 
kuchlari taraqqiyoti, sur’ati darajasi, mehnat unumdorligi, madaniyati va 
hokazolar bilan ham farq qiladi. 
Narsa va hodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini taqozo 
qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda 
faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘q. Shuning uchun ham narsaga 
miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif to‘liq bo‘ladi. 
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida 
ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos 
tuzilmalarning muvofiqligidir. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan 
chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmet 
muayyanligini, sifat va miqdor birligi sifatida me’yorni ifodalaydi. Me’yorning 
buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. Me’yor har bir 
narsa va hodisadagi miqdor bilan sifat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifoda etadi. Bu 
o‘rinda har bir narsa, hodisa miqdor o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi, chunki 
ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan miqdor bilan 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin