219 tavsiflaydi;
beshinchidan, dialektik inkor taraqqiyotning oddiydan murakkabga, quyidan
yuqoriga borishini, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tishini tavsiflaydi.
Inkorni inkor qonuni ob’ektiv olamning va bilishning turli sohalarida ko‘plab
uchraydigan keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan qonundir. Agar arpa yerga ekilsa, u
issiqlik va namlik ta’sirida ko‘karadi va undan o‘simlik paydo bo‘ladi. Endilikda
arpa (don) o‘zini (o‘zi) inkor etadi. O‘simlik o‘sadi, gullaydi, changlanadi va nihoyat
yangidan arpa (don) yetishadi, donlar yetiladi, poyasi quriydi, ya’ni inkor etiladi.
Inkorni inkorning natijasi sifatida biz bunda yana avvalgi arpa (don)ni ko‘ramiz,
lekin endi bir don emas, bir necha don bo‘lganini ko‘ramiz. Inkorni inkor qonuni
jamiyat ma’naviy hayotida ham namoyon bo‘ladi.
Falsafada inkorni inkor qonuni birinchi bor Gegel tomonidan ta’riflangan.
Uning fikricha, dastlabki bir butun fikr (tezis) bir-biriga zid bo‘lgan ijobiy va salbiy,
«ha» va «yo‘q»dan iborat ikki fikrga bo‘linadi. Butunning ikkiga bo‘linishi —
antitezis, inkordir. Qarama-qarshi fikrlar kurashi oxirida birikib yangi fikr (sintez,
inkorni-inkor) hosil qiladi. Shunday qilib, Gegelning fikricha, sof g‘oya o‘z
taraqqiyotida uch bosqichdan o‘tadi: tezis, antitezis va sintez. Gegelning ta’limotiga
ko‘ra, nimaiki sof g‘oyaning
rivojlanishiga mansub bo‘lsa, u moddiy borliqning
hamma narsa va hodisalariga ham mansubdir.
Inkorni-inkor qonuni taraqqiyotda vorislik (ilgarilab borish, an’anaviylik) va
qaytariluvchanlikning (davriylik, eskiga qaytish kabi) birligini tavsiflaydi. Natijada
taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli emas, balki «burama» shaklda amalga oshadi.
Taraqqiyot jarayonining ilgarilab borish xususiyati eski o‘rniga keladigan
yangi doimo yangi bo‘lib qolmasdan, vaqt o‘tishi bilan u ham eskiradi va o‘z
navbatida inkor qilinadi degan ma’noni anglatadi. Buning natijasida taraqqiyot
jarayoni ikkilanma inkor sifatida ko‘rinadi. Dialektik inkor taraqqiyotni ifodalaydi.
Masalan, suv qizdirilganda bug‘ga aylanadi, sovitilganda esa yana suvga aylanadi.
Metall qizdirilganda suyuq, sovitilganda esa qattiq holatga o‘tadi. Bu yerda biz bir
holatning boshqa holat tomonidan inkor etilishini ko‘ramiz. Lekin bu yerda