216 sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
uchinchidan, sakrash eski qarama-qarshiliklar birligini tugatish va yangi
sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi tufayli paydo
bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
to‘rtinchidan, sakrash narsa va hodisalarning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa,
hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Amalga oshish muddatiga bog‘liq, ravishda asta-sekinlik bilan ifodalanadigan
sakrashdan, bir zumda shiddat bilan sodir bo‘ladigan sakrashni farqlash kerak.
Binobarin, kimyoviy elementlarni biriktirish jarayonida tub sifat o‘zgarishlar shiddat
bilan, juda tez sodir bo‘ladi, ammo hayvonlar bilan o‘simliklarning rivojlanish
jarayonida eski sifatdan yangi sifatga o‘tish birmuncha sekin sodir bo‘ladi. Tez
sodir bo‘ladigan sakrashlar bilan asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir
bo‘ladigan sakrashlarning bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak. Tez sakrash
shunday xususiyatlarga egaki, u birinchidan, hal qiluvchi zarbaning birdan-bir
ifodasi sifatida bajariladi. Bu sifatiy o‘tish bo‘lib, dastavval birdaniga eski tugatiladi
va so‘ngra yangi bunyod etiladi. Ikkinchidan, u bexosdan tez sodir bo‘ladi.
Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini bir
yo‘la tugatish bilan emas, balki uzoq vaqt davomida eski sifatni yangi sifatga
aylantirish bilan tavsiflanadi.
Demak, sakrashlarning turli-tuman shakllarda amalga oshishi sodir bo‘ladi.
Bunda narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish shakllarining turli-
tumanligi nimaga bog‘liq? degan savol kelib chiqadi. O‘tish shakllarining turli-
tumanligi, birinchidan, narsa va hodisalarning mohiyati va xususiyatlariga,
ikkinchidan, unga muvofiq keladigan sharoitga bog‘liqdir. Masalan, ijtimoiy
hayotda sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlar tabiatdagi sakrashlardan tubdan farq
qiladi.
Hozirgi sharoitda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,