213
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish masalasiga, o‘z
navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon faylasuflarining
«yaltiroq bosh» va «g‘aram» nomi bilan, keltirgan misollari ma’lumdir.
Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa
bosh yaltirab qoladimi, agar g‘aramdan bir dona urug‘ olinsa, u g‘aramlik holatini
yo‘qotadimi? Natija, “yo‘q” degan javob bo‘ladi. Bu hol bosh yaltiramaguncha,
g‘aram esa yo‘q bo‘lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi hodisalarni
eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi natijasida deb, emas balki sof
mantiqiy g‘ayri tabiiylik deb qarar edilar.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida Markaziy Osiyo
mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy, al-
Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya,
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat
o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar
berilgan. «Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab
masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob»ni
tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer
o‘lchash, kanallar o‘tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash
turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir»
1
.
Ular fikricha, miqdor va sifat o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligini nafaqat
tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda ham
kuzatish mumkin. «Ruhlar
sifatlarining ... o‘zaro qo‘shilishi oqibatida ularning (aqliy) quvvatlari miqdor jihatdan
ham tobora ortadi»
2
, - deb yozadi Forobiy.
Miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni ob’ektiv bo‘lib,
real voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xosdir. Olamdagi barcha o‘zgarishlar
1
Muxammed ibn Muso al-Xorazmiy. Tanlangan asarlar.-T., 1983.-78-bet.
2
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-165-bet.
|