220 rivojlanish sodir bo‘lmaydi, balki bir hodisaning boshqa hodisa bilan almashinishi
sodir bo‘ladi. Dialektik inkor yuqorida ko‘rsatilgan inkordan farqli o‘laroq shunday
ziddiyatlarni hal qilishni maqsad qilib qo‘yadiki, buning natijasida taraqqiyotda yuqori
bosqichga erishiladi.
Dialektik inkorning yana bir muhim xususiyatini aytib o‘tish maqsadga
muvofiqdir. Ikkinchi inkor eskini yemiribgina qolmay, oldingi rivojlanishdagi butun
ijobiy tomonlarni umumlashtiradi, ya’ni sintez qiladi. Biroq bu sintez oldingi
rivojlanishning ayrim tomonlarini mexanik tarzda birlashtirish emas. Dialektik
sintezda o‘tmishning ayrim elementlari olib tashlangan, ya’ni butunlay
o‘zgartirilib, yuqori bosqichda birlashtirilgandir.
Inkorni inkor rivojlanishning ma’lum bir davrini tugallaydi, lekin u shu bilan
birga keyingi harakat uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi inkor
harakatning shart-sharoitlarini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, inkor tushunchasi
davrni ham ifodalaydi. Bu davr shundan iboratki, ma’lum jarayonning tugallanish
bosqichi yangi dialektik davr uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib qoladi va shunday hol
cheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo‘lgan narsa boshqa munosabatda
yangi rivojlanishning boshlang‘ich nuqtasidan iborat bo‘ladi.
Dialektik taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli harakat bo‘lmay, balki asta-sekin ko‘tarilib,
kengayib boradigan, bir-biri bilan umumiy vorislik yo‘li bilan bog‘langan yuksak
bosqichda boshlang‘ich nuqta jihatini o‘z ichiga oladigan burama harakatdan iborat.
Taraqqiyot ayrim hollarda quyiga qarab boradi. Bunga moddiy tizimlarning
yemirilishi, materiya harakatining murakkab shakllari oddiy shakllarga o‘tishi misol
bo‘la oladi. Ammo shuni aytish kerakki, taraqqiyotning orqaga qaytishi ilgarilama
harakatdan vaqtincha chetlashishdir.
Ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning rivojlanishi hech qachon to‘xtab qolmasligi
qonuniy va o‘zgartirib bo‘lmaydigan jarayondir. U vaqtincha bo‘lgan tebranish va
cheklanishlarga qaramasdan ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgi davrgacha yuqoriga
ko‘tariluvchi yo‘l bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy rivojlanishning ob’ektivligi va
takrorlanmasligi bunda yorqin namoyon bo‘ladi. Rivojlanishning pastdan yuqoriga